Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (1186-3-son)
26.05.2007
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PARVOZLAR XAVFSIZLIGINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPEKSIYASI BOSHLIGʻINING
Buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 26-mayda 1186-3-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (BSST) va Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO) tavsiyalarini inobatga olib, buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2002-yil 4-oktabrdagi 128-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom”ga (2002-yil 2-noyabr, roʻyxat raqami 1186) ilovaga* muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan oʻn kun oʻtgach amalga kiritilsin.
3. Ishlar boshqarmasi tomonidan devonxona bilan hamkorlikda Adliya vazirligida roʻyxatga olingan kundan boshlab oʻn kun ichida oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarning koʻpaytirilib manfaatdor tashkilotlarga tarqatilishi taʼminlansin.
4. Mazkur buyruqning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining oʻrinbosari zimmasiga yuklatilsin.
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi H. TROBOV
Toshkent sh.,
2007-yil 20-aprel,
62-son
