Davlat organlarining axborot tizimlarini hisobga olish va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (1646-1-son)
26.05.2007
OʻZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLAShTIRISh AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING
Buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 26-mayda 1646-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-fevraldagi “Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qoʻllab-quvvatlash uchun masʼul boʻlgan davlat organlari roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 34-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 7-8-son, 65-modda) ijrosi yuzasidan, buyuraman:
1. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktorining 2006-yil 17-noyabrdagi 355-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Davlat organlarining axborot tizimlarini hisobga olish va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga (2006-yil 21-dekabr, roʻyxat raqami 1646 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 51-52-son, 519-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtganidan oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
3. Ushbu buyruq ijrosini nazorat qilish Bosh direktor oʻrinbosari A.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2007-yil 2-may,
131-son
