“Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalarni tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga (21-1-son)
24.04.1996
Oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1996-yil 24-aprelda 21-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IV sessiyasida qabul qilingan Mehnat kodeksiga “Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalarni tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomni muvofiq holga keltirish uchun quyidagi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.
Nafaqa miqdori
28-band vaqtincha mehnatda qobiliyatsizlik boʻyicha nafaqa quyidagicha bayon etilsin:
a) ish haqining 100 foizi miqdorida:
mehnatga mayib boʻlgan yoki kasb kasalligiga;
umumiy mehnat staji 8 yil va undan ortiq boʻlgan xodimlarga;
qaramogʻida 16 yoshga (oʻquvchilar 18 yoshga) yetmagan uch yoki undan ortiq bolalari boʻlgan xodimlarga;
ishlayotgan Ulugʻ Vatan urushi qatnashchilariga, baynalmilal jangchilarga va imtiyoz jihatidan ularga tenglashtirilgan boshqa shaxslarga;
Chernobil AESdagi falokat oqibatlarini tugatishda qatnashgan xodimlarga;
Chernobil falokati oqibatida radioaktiv ifloslanish zonasidan koʻchirilgan, qon hosil qilish organlari (oʻtkir leykoz), qalqonsimon bez kasalliklari, xavfli oʻsma (adenoma, rak) bilan kasallangan xodimlarga;
b) ish haqining 80 foizi miqdorida:
Umumiy ish staji 5 yildan 8 yilgacha boʻlgan xodimlarga;
21 yoshga yetmagan sagʻir yetim xodimlarga;
v) ish haqining 60 foizi miqdorida:
Umumiy ish staji 5 yilgacha boʻlgan xodimlarga.
30-band quyidagi tahrirda bayon etilsin;
“Nafaqa miqdori mehnatga qobiliyatsizlik boshlangan kungacha, mehnat daftarchasi yoki uning oʻrniga berilgan boshqa hujjat asosida hisoblangan umumiy ish stajiga muvofiq aniqlanadi”.
38-bandning 5-qatoridagi “va” soʻzidan keyin “taʼtil boshlanishidan oldingi 12 oy mobaynida olingan soʻzlari bilan toʻldirilsin.
51-bandning ikkinchi qatoridagi “holda” soʻzi “taqdirda” soʻzi bilan almashtirilsin.
52-bandning toʻrtinchi qatoridagi “holda” soʻzi “taqdirda” soʻzi bilan almashtirilsin.
56-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik taʼtili boshlangan oydan oldingi 12 oy davrida olgan va sugʻurta badallari chegirilgan barcha mukofotlarning 1/12 qismi, nafaqa hisoblab chiqariladigan oylik ish haqiga qoʻshilib oʻrtacha oylik, kunlik ish haqi miqdori aniqlanadi. (Eslatma: keyinchalik bir oydan oshgan ish davri uchun toʻlanadigan qoʻshimchalar “Mukofotlar” deb ataladi)”. Shu bandning toʻrtinchi xat boshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
92-bandning birinchi xat boshidagi “uzluksiz” soʻzi “umumiy” soʻzi bilan almashtirilsin.
101-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “ushlash amalga oshirilmaydi” soʻzlari “chegirmalar qilish mumkin emas” /basharti qonunda boshqa holatlar koʻzda tutilmagan boʻlsa/ soʻzlari bilan almashtirilsin.
104-bandning ikkinchi xatboshidagi “Uzluksiz” soʻzi “Umumiy” soʻzi bilan almashtirilsin.
