Oʻzbekiston Respublikasi hududida radiochastota spektri va radioelektron vositalaridan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (1531-1-son)
19.05.2007
OʻZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLAShTIRISh AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING
Buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 19-mayda 1531-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasining 2006-yil 15-sentabrdagi “Radiochastota spektri toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Samarqand viloyatidagi ijrosi haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida radiochastota spektri va radioelektron vositalaridan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga (2005-yil 7-dekabr, roʻyxat raqami 1531) ilovaga* muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtganidan oʻn kun keyin kuchga kirgan deb hisoblansin.
3. Ushbu buyruq bajarilishini nazorat qilish Bosh direktor oʻrinbosari M.M. Sangilov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2007-yil 6-fevral,
38-son
