Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 10-apreldagi PQ-618-son qarori) (105-son)
21.05.2007
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 10-apreldagi PQ-618-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 27-noyabrdagi 413-son qarorining 1 va 2-bandlari (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 72-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 21-may,
105-son
Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-maydagi 105-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
2. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 2-son, 9-modda) bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ilovada:
1.10-bandga “mol-mulkni sugʻurta qilish va hayotni uzoq muddatli sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta mukofotlari bundan mustasno” soʻzlari qoʻshilsin;
1.21-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1.21. Xodimlarning ixtiyoriy sugʻurtasiga va ishlab chiqarish jarayoni bilan bogʻliq boʻlmagan ixtiyoriy sugʻurtaning boshqa turlariga qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha xarajatlar, mol-mulkni sugʻurta qilish va hayotni uzoq muddatli sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta mukofotlari xarajatlari bundan mustasno”.
