Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida (1122-6-son)
17.05.2007
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 17-mayda 1122-6-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron toʻlovlar toʻgʻrisida”gi hamda “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi nizomga (2007-yil 15-aprel, roʻyxat raqami 1122) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng 10 kundan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2007-yil 24-aprel,
12/3-son
