Hisob-kitoblarni “Bank-mijoz” dasturiy majmuasi orqali amalga oshirish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida (497-1-son)
17.05.2007
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 17-mayda 497-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron toʻlovlar toʻgʻrisida”gi hamda “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Hisob-kitoblarni “Bank — Mijoz” dasturiy majmuasi orqali amalga oshirish toʻgʻrisidagi nizomga (1998-yil 8-oktabr, roʻyxat raqami 497) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng 10 kundan keyin kuchga kiritilsin.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2007-yil 24-aprel,
12/4-son
