Hukumatlararo bitimlarni tasdiqlash toʻgʻrisida (423-son)
02.11.2000
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Tasdiqlansin:
2000-yil 2-may kuni Dehli shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Hindiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida bojxona organlariga oʻzaro koʻmaklashish toʻgʻrisidagi Bitim;
2000-yil 11-avgust kuni Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi bilan Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPEK) Xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi oʻrtasida investitsiyalarni ragʻbatlantirish va himoya qilish toʻgʻrisidagi Bitim.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi A.S. Aripov va tashqi ishlar vaziri A.X. Kamilov ga mazkur bitimlarda belgilangan Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlarining oʻz vaqtida bajarilishini nazorat qilish topshirilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 2-noyabr,
423-son
