Mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet ellarga ketayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini hisobga olishni takomillashtirish toʻgʻrisida (97-son)
15.05.2007
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Mehnat va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun chet ellarga ketayotgan shaxslarni hisobga olishni takomillashtirish, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari mamlakatimiz tashqarisida boʻlgan davrda ularning muhofazasini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Mehnat faoliyatini va tadbirkorlikni amalga oshirish uchun chet ellarga ketayotgan shaxslar sonini hisoblab chiqarish boʻyicha integratsiyalashgan axborotlarni tayyorlash va taqdim etish moduli sxemasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketgan va Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan shaxslar toʻgʻrisida ularning borish maqsadlari, mamlakatlar, yoshi va mintaqalar boʻyicha har choraklik statistika hisoboti yuritilishini taʼminlasin.
Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligining maʼlumotlari ketgan va kelgan shaxslar toʻgʻrisidagi axborot manbai hisoblanadi.
4. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migrasiya agentligi, Milliy statistika qoʻmitasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda.
joriy yilning 1-iyuligacha boʻlgan muddatda mehnat emigratsiyasini har chorakda oʻrganish boʻyicha savolnoma ishlab chiqsin va uni 2007-yilning uchinchi choragidan boshlab uy xoʻjaliklarini aholi bandligi masalalari boʻyicha oʻrganish dasturiga belgilangan tartibda kiritsin;
joriy yildan boshlab har yili, maʼlumotlarning respublika, mintaqa va tuman darajalarida muvofiqligini taʼminlagan holda, Oʻzbekiston fuqarolarining mehnat emigratsiyasi masalalari boʻyicha chuqurlashtirilgan maxsus sotsiologik oʻrganishlar oʻtkazsin.
Mehnat emigratsiyasi masalalari boʻyicha oʻrganishlarni oʻtkazish xarajatlarini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasining Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi nazarda tutilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining chet ellardagi konsullik muassasalari orqali mehnat faoliyatini va tadbirkorlikni amalga oshirish munosabati bilan chet ellarda boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining monitoringini olib borsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda fuqarolarga chet ellarda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar berish tartibotlarini soddalashtirish yuzasidan ikki oy muddatda takliflar kiritsinlar, ularda koʻrsatib oʻtilgan ruxsatnomani olish uchun toʻlov miqdorini ancha kamaytirishni va uni olish tartibini nazarda tutsinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 15-may,
97-son
Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 15-maydagi 97-son qaroriga ILOVA
Mehnat faoliyatini va tadbirkorlikni amalga oshirish uchun chet ellarga ketayotgan shaxslar sonini hisoblab chiqarish boʻyicha integratsiyalashgan axborotlarni tayyorlash va taqdim etish moduli sxemasi
T/rAxborot taqdim etuvchi vazirlik, idoraAxborot olish manbaiAxborot mazmuniTaqdim etishning muddati va davriyligiQayerga taqdim etiladi1.Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiUy xoʻjaliklarini aholi bandligi masalalari boʻyicha har chorakda oʻrganishChet ellarda mehnat yoki tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarning hududlar, yoshi, jinsi va ketgan mamlakatlari boʻyicha soniHar chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning 20-kunigachaMilliy statistika qoʻmitasiMehnat emigratsiyasi masalalari boʻyicha har yillik chuqurlashtirilgan maxsus sotsiologik oʻrganishlarHududlar boʻyicha mehnat emigratsiyasi omillari, sabablari, asoslari, yoʻnalishlari va shakllari. Mehnat migrantlari mehnat faoliyatini amalga oshirish sharoitlariHar yili, 15-dekabrgacha Milliy statistika qoʻmitasi2.Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi Chet ellarda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan ruxsatnomalarChet ellarda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan ruxsatnomalarning hududlar va ketgan mamlakatlar boʻyicha soniHar chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning 20-kunigachaKambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Milliy statistika qoʻmitasi3.Oʻzbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamentiOʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi maʼlumotiSafar maqsadi, davlati, yoshi va hududi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasidan ketayotgan va Oʻzbekiston Respublikasiga kelayotgan fuqarolarining soniHar chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning 20-kunigachaMilliy statistika qoʻmitasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi4. Tashqi ishlar vazirligi Chet ellardagi konsullik muassasalaridan axborotlarBorgan mamlakatida mehnat yoki tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan konsullik muassasalarida hisobda turgan shaxslar soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlarHar chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning 20-kunigachaMilliy statistika qoʻmitasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiOʻzbekiston Respublikasining chet ellarda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolari soni toʻgʻrisida borilgan mamlakat vakolatli organlari taqdim etadigan maʼlumotlarTashqi ishlar vazirligi orqali erishilgan kelishuvlarga muvofiqMilliy statistika qoʻmitasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi5.Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Milliy statistika qoʻmitasi bilan birgalikda Integratsiyalashgan axborotlarChet ellarga mehnat faoliyatini va tadbirkorlikni amalga oshirish uchun ketayotgan shaxslarni hisobga olish boʻyicha yigʻma tahliliy axborotlarHar chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning 30 (31)-kunigachaOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
