Oddiy qurolning haddan tashqari koʻp zarar keltiradi yoki barcha narsaga baravar taʼsir etadi deb hisoblanishi mumkin boʻlgan konkret turlari qoʻllanilishini taqiqlash yoki cheklash toʻgʻrisidagi konvensiyaga qoʻshilish haqida hamda mazkur konvensiyaga oid I, II, III va IV bayonnomalar respublika uchun majburiy ekanligiga rozilik bildirish haqida (500-I-son)
30.08.1997
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Oddiy qurolning haddan tashqari koʻp zarar keltiradi yoki barcha narsaga baravar taʼsir etadi deb hisoblanishi mumkin boʻlgan konkret turlari qoʻllanilishini taqiqlash yoki cheklash toʻgʻrisidagi Konvensiyaga qoʻshilinsin hamda mazkur Konvensiyaga oid I, II, III va IV bayonnomalar respublika uchun majburiy ekanligiga rozilik bildirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1997-yil 30-avgust,
500-I-son
