Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Qashqadaryo va Navoiy viloyatlari qishloq aholi punktlarining suv taʼminoti va sanitariyasi” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-555-son)
08.01.2007
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Kommunal xizmat koʻrsatish sohasida bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, resurslarni tejash siyosatini amalga oshirish, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlari qishloqlarining infratuzilmasini takomillashtirish hamda aholini sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlashni yaxshilash maqsadida:
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Direktorlar Kengashi Oʻzbekiston Respublikasiga “Qashqadaryo va Navoiy viloyatlari qishloq aholi punktlarining suv taʼminoti va sanitariyasi” loyihasini (keyingi oʻrinlarda matnda — loyiha deb yuritiladi) amalga oshirish uchun 17,291 mln. SDR miqdorida (ekvivalenti 25,0 mln. AQSh dollariga teng), sakkiz yillik imtiyozli davrni ham hisobga olgan holda uzish muddati 32 yil boʻlgan qarz berishni maʼqulladi.
2. Belgilansinki:
OTB qarzi Oʻzbekiston Respublikasi bilan OTB oʻrtasida tuzilgan Qarz bitimi asosida Oʻzbekiston Respublikasiga beriladi;
Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi qarz mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish hamda loyihani amalga oshirishga javobgar ijro etuvchi agentlik hisoblanadi;
investitsiya davri (2007—2010-yillar)da qarz boʻyicha foizlarni toʻlash OTB qarz mablagʻlari hisobidan qoplanadi;
2011-yildan boshlab qarzni uzish va foizlarini toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar Qashqadaryo va Navoiy viloyatlari suv taʼminoti tashkilotlari mablagʻlari, yetishmagan qismi esa respublika budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
3. Quyidagilar:
“Qashqadaryo va Navoiy viloyatlari qishloq aholi punktlarining suv taʼminoti va sanitariyasi” loyihasining texnik-iqtisodiy asoslari asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar bilan 1-ilovaga muvofiq;
loyihani moliyalashtirish sxemasi hamda rejasi 2 va 2a-ilovalarga muvofiq;
OTB qarzini uzish va foizlarini toʻlash jadvali 3, 3a va 3b-ilovalarga muvofiq;
loyihani amalga oshirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri OTB bilan tuzilgan Qarz bitimini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi bilan Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi oʻrtasida qayta kreditlash toʻgʻrisidagi Bitimni Oʻzbekiston Respublikasi nomidan imzolashga;
Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligining Bosh direktori Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi bilan OTB oʻrtasidagi Loyiha bitimini, shuningdek Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi bilan Qashqadaryo va Navoiy viloyatlari hokimliklari oʻrtasidagi subqarz bitimlarini imzolashga vakil etib tayinlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi bilan OTB oʻrtasida tuzilgan Qarz bitimi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi bilan Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi oʻrtasida qayta kreditlash toʻgʻrisidagi Bitim boʻyicha tegishli hujjatlar taqdim etilgandan soʻng belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
6. Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi hamda Qashqadaryo va Navoiy viloyatlari hokimliklari zimmasiga loyiha boʻyicha tender hujjatlarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda — qarz mablagʻlarini jamlash va qaytarish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun javobgarlik yuklansin.
7. Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi:
loyiha mablagʻlari hamda OTB qarzidan maqsadli va samarali foydalanish ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin;
loyihani amalga oshirishda, jumladan loyiha doirasida soliq imtiyozlari va preferensiyalari berish hisobidan qoʻshadigan Hukumat ulushining qatʼiy hisob-kitob qilinishini taʼminlasin;
umuman loyiha boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish vazifasini — Loyihani boshqarish guruhi (Toshkent shahri), Qashqadaryo viloyati boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish vazifasini — Qarshi shahrida tashkil etilgan “Guliston, Jizzax va Qarshi shaharlari suv taʼminoti tizimini takomillashtirish” Loyihasini amalga oshirish guruhi zimmasiga yuklasin;
bir hafta muddatda, belgilangan tartibda, Navoiy shahrida 5 kishidan iborat Loyihani amalga oshirish guruhini tuzsin, uning zimmasiga Navoiy viloyati boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish vazifasini yuklasin;
Loyihani boshqarish guruhi va loyihani amalga oshirish guruhlari faoliyatining OTB qarzi mablagʻlari hisobidan milliy valyuta “soʻm”da moliyalashtirilishini taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2011-yildan boshlab, har yili davlat budjetini shakllantirishda OTB asosiy qarzi va qarz boʻyicha foizlar toʻlashda hududiy suv taʼminoti tashkilotlari ushbu maqsadlarga yoʻnaltiradigan shaxsiy mablagʻlarining yetishmaydigan qismiga zarur mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi 2008 — 2010-yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturini shakllantirishda, 2a-ilovaga muvofiq, loyihani moliyalashda Oʻzbekiston ulushini qoplash uchun markazlashtirilgan manbalar hisobidan kapital qoʻyilmalarining yillik limitini nazarda tutsin.
10. Qashqadaryo va Navoiy viloyatlari hokimliklari zimmasiga 2a-ilovaga muvofiq loyihani oʻz vaqtida qoʻshma moliyalashni taʼminlash uchun javobgarlik, shuningdek 3, 3a va 3b-ilovalarga muvofiq OTB asosiy qarzi va qarz foizlarini toʻlash boʻyicha zarur mablagʻlar hududiy suv taʼminoti tashkilotlari tomonidan oʻz vaqtida jamlanishini nazorat qilish vazifasi yuklansin.
11. Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq loyiha doirasidagi investitsiya davri mobaynida, bevosita yetkazib beruvchilardan va pudratchilardan sotib olinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bojxona toʻlovlari toʻlashdan, davlatning maqsadli jamgʻarmalariga toʻlanadigan barcha turdagi soliqlar, majburiy ajratmalar toʻlashdan ozod etilishi (yagona ijtimoiy toʻlovlar va bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) maʼlumot uchun qabul qilinsin. Mazkur imtiyozlarni berish natijasida boʻshaydigan mablagʻlar summasi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining loyihani amalga oshirishga qoʻshadigan ulushi hisoblanadi.
Investitsiya davri mobaynida pudratchilarga loyihani amalga oshirish doirasida buyurtmachiga toʻlash uchun taqdim etiladigan bajarilgan ishlar hajmiga nisbatan, istisno tariqasida, QQSning nulinchi stavkasini qoʻllashga ruxsat berilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligining talabnomalariga koʻra, 2011-yilgacha boʻlgan davr mobaynida, loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarning kirish vizalari konsullik yigʻimi va boshqa yigʻimlar undirib olinmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligining talabnomalariga koʻra, loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar berish va ularning muddatini uzaytirish, shuningdek vaqtincha roʻyxatda turish va uning muddatini uzaytirishni taʼminlasin hamda ular davlat boji toʻlashdan ozod qilinsin.
14. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va N.M. Xanov zimmalariga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 8-yanvar,
PQ-555-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 8-yanvardagi PQ-555-son qaroriga 1-ILOVA
“Qashqadaryo va Navoiy viloyatlari qishloq aholi punktlarining suv taʼminoti va sanitariyasi” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari
T/r Koʻrsatkichlar Oʻlchov birligi Jami shu jumladan: OTB qarzi respublika budjeti mahalliy budjet 1. Loyihaning umumiy qiymati, jami: ming AQSh dollari 36 000 25 000 10 100 900 shu jumladan: 1.1. erkin konvertatsiya qilinadigan valyutadagi xarajatlar, jami: ming AQSh dollari 5 556 5 556 shulardan: qurilish-montaj ishlari 1 170 1 170 asbob-uskunalar xarid qilish 2 996 2 996 investitsiya davridagi foizlar 390 390 boshqa xarajatlar 1 000 1 000 1.2. milliy valyutadagi xarajatlar, jami: ming AQSh dollari ekvivalentida 30 444 19 444 10100 900 shulardan: qurilish-montaj ishlari 22 342 17 752 4 590 asbob-uskunalar xarid qilish 92 92 boshqa xarajatlar 2 500 1 600 900 soliq va bojlar 5 510 5 510 2. Suv inshootlari quvvatining oʻsishi Qashqadaryo viloyati ming m3/sut. 9,8 Navoiy viloyati ming m3/sut. 3,1 3. Suv tarmoqlarining uzunligi Qashqadaryo viloyati km 603 Navoiy viloyati km 470 4. Qurilishning davomiyligi oy 60 5. OTB qarzini qaytarish muddati yil 32
Izoh. Yakuniy qiymat koʻrsatkichlari, shu jumladan soliq va bojlarning miqdori uskunalarni yetkazib berish hamda tizimlarni rekonstruksiya qilish va tiklash boʻyicha ishlarni bajarish yuzasidan tender natijalari boʻyicha aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 8-yanvardagi PQ-555-son qaroriga 2-ILOVA
“Qashqadaryo va Navoiy viloyatlari qishloq aholi punktlarining suv taʼminoti va sanitariyasi” loyihasini moliyalashtirish
SXEMASI
T/r Komponentlar Jami moliyalashtirish manbalari boʻyicha: OTB Oʻzbekiston Respublikasi shu jumladan: respublika budjeti mablagʻlari hisobidan Qashqadaryo viloyati hokimligi mablagʻlari hisobidan Navoiy viloyati hokimligi mablagʻlari hisobidan Jami barcha yoʻnalishlar boʻyicha: 36,0 25,0 11,0 10,1 0,5 0,4 1. Infratuzilmani rivojlantirish uchun 27,5 22,0 5,5 4,6 0,5 0,4 shu jumladan: 1.1. qurilish ishlari 22,5 18,9 3,6 3,6 - - 1.2. mukammal loyihalash va qurilish nazorati 0,9 - 0,9 - 0,5 0,4 1.3. asbob-uskuna 3,1 3,1 - - - - 1.4. sanitariya 1,0 - 1,0 1,0 2. institutsional rivojlantirish uchun 2,6 2,6 - - - - shu jumladan: 2.1. potensialni rivojlantirish dasturi 0,6 0,6 - - - - 2.2. gigiyena va sanitariya boʻyicha taʼlim dasturi 0,3 0,3 - - - - 2.3. Loyihani boshqarish boʻyicha maslahat xizmatlari, DUK va ikkita gaz taqsimlash punkti (GRP)ning operatsion xarajatlari 1,7 1,7 - - - - 3. Soliq va bojlar 5,5 - 5,5 5,5 - - 4. Investitsiya davridagi xarajatlar 0,4 0,4 - - - -
Izoh. Moʻljaldagi maʼlumotlarga loyihaning amalda borishi va tender savdolari natijalariga qarab aniqlik kiritilishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 8-yanvardagi PQ-555-son qaroriga 2a-ILOVA
“Qashqadaryo va Navoiy viloyatlari qishloq aholi punktlarining suv taʼminoti va sanitariyasi” loyihasini moliyalashtirish
REJASI
T/r Moliyalashtirish manbalari Umumiy hajm shu jumladan yillar boʻyicha: 2007-yil 2008-yil 2009-yil 2010-yil Jami barcha manbalar boʻyicha 36 000 1050 7 550 13 150 14 250 1. OTB mablagʻlari 25 000 400 5 000 9 450 10 150 2. Respublika budjeti mablagʻlari 10 100 100 2 200 3 700 4 100 shu jumladan: 2.1. davlat kapital mablagʻlari hisobidan 4 600 - 1 000 1 700 1 900 2.2. soliq va bojlarni toʻlashdan ozod etish hisobidan 5 500 100 1 200 2 000 2 200 3. Mahalliy budjet mablagʻlari: 900 550 350 - - Shu jumladan budjet hisobidan: Qashqadaryo viloyati 500 300 200 - - Navoiy viloyati 400 250 150 - -
Izoh. Moʻljaldagi maʼlumotlarga loyihaning amalda borishi va tender savdolari natijalariga qarab aniqlik kiritilishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 8-yanvardagi PQ-555-son qaroriga 3-ILOVA
“Qashqadaryo va Navoiy viloyatlari qishloq aholi punktlarining suv taʼminoti va sanitariyasi” loyihasi boʻyicha OTB qarzini uzish va foizlarni toʻlash
JADVALI*
Qarz summasi 17,291 mln SDR (25 mln AQSh doll. ekv.)** Qaytarish muddati 32 yil Imtiyozli davr 8 yil Foiz stavkasi yillik 1,0% — imtiyozli davr mobaynida yillik 1,5% — imtiyozli davr tugashi bilan (SDR) Toʻlov sanasi Asosiy qarz boʻyicha toʻlovlar summasi Foizlarning toʻlov summasi*** Jami toʻlanadigan summa *** 2007 — 2010-yillar 0 0 15-may 2011-yil 64 841 64 841 15-noyabr 2011-yil 86 455 86 455 15-may 2012-yil 86 455 86 455 15-noyabr 2012-yil 86 455 86 455 15-may 2013-yil 86 455 86 455 15-noyabr 2013-yil 86 455 86 455 15-may 2014-yil 360 229 86 455 446 684 15-noyabr 2014-yil 360 229 126 981 487210 15-may 2015-yil 360 229 124 279 484 508 15-noyabr 2015-yil 360 229 121 577 481 806 15-may 2016-yil 360 229 118 876 479 105 15-noyabr 2016-yil 360 229 116 174 476 403 15-may 2017-yil 360 229 113 472 473 701 15-noyabr 2017-yil 360 229 110 770 470 999 15-may 2018-yil 360 229 108 069 468 298 15-noyabr 2018-yil 360 229 105 367 465 596 15-may 2019-yil 360 229 102 665 462 894 15-noyabr 2019-yil 360 229 99 964 460 193 15-may 2020-yil 360 229 97 262 457 491 15-noyabr 2020-yil 360 229 94 560 454 789 15-may 2021-yil 360 229 91 858 452 087 15-noyabr 2021-yil 360 229 89 157 449 386 15-may 2022-yil 360 229 86 455 446 684 15-noyabr 2022-yil 360 229 83 753 443 982 15-may 2023-yil 360 229 81 052 441 281 15-noyabr 2023-yil 360 229 78 350 438 579 15-may 2024-yil 360 229 75 648 435 877 15-noyabr 2024-yil 360 229 72 946 433 175 15-may 2025-yil 360 229 70 245 430 474 15-noyabr 2025-yil 360 229 67 543 427 772 15-may 2026-yil 360 229 64 841 425 070 15-noyabr 2026-yil 360 229 62 140 422 369 15-may 2027-yil 360 229 59 438 419 667 15-noyabr 2027-yil 360 229 56 736 416 965 15-may 2028-yil 360 229 54 034 414 263 15-noyabr 2028-yil 360 229 51 333 411 562 15-may 2029-yil 360 229 48 631 408 860 15-noyabr 2029-yil 360 229 45 929 406 158 15-may 2030-yil 360 229 43 228 403 457 15-noyabr 2030-yil 360 229 40 526 400 755 15-may 2031-yil 360 229 37 824 398 053 15-noyabr 2031-yil 360 229 35 122 395 351 15-may 2032-yil 360 229 32 421 392 650 15-noyabr 2032-yil 360 229 29 719 389 948 15-may 2033-yil 360 229 27 017 387 246 15-noyabr 2033-yil 360 229 24 316 384 545 15-may 2034-yil 360 229 31 614 381 843 15-noyabr 2034-yil 360 229 18 912 379 141 15-may 2035-yil 360 229 16 210 376 439 15-noyabr 2035-yil 360 229 13 509 373 738 15-may 2036-yil 360 229 10 807 371 036 15-noyabr 2036-yil 360 229 8 105 368 334 15-may 2037-yil 360 229 5 403 365 632 15-noyabr 2037-yil 360 237 2 702 362 939 Jami 17 291 000 3 641 111 20 922 111
* Toʻlov summalari OTB qarz mablagʻlarining haqiqatda oʻzlashtirilgan sanalariga qarab aniqlashtiriladi.
** SDR — maxsus qarz olish huquqi. Kurs 1 SDR = 1,4458 AQSh dollari deb qabul qilingan.
*** Loyihani amalga oshirish davrida (2007 — 2010-yil) OTB qarzi hisobiga foizlarni toʻlash koʻzda tutilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 8-yanvardagi PQ-555-son qaroriga 3a-ILOVA
Qashqadaryo viloyati boʻyicha OTB qarzini uzish va foizlarni toʻlash
JADVALI*
Qarz summasi 8,6455 mln SDR (12,5 mln AQSh doll. ekv.)** Qaytarish muddati 32 yil Imtiyozli davr 8 yil Foiz stavkasi yillik 1,0% — imtiyozli davr mobaynida yillik 1,5% — imtiyozli davr tugashi bilan (SDR) Toʻlov sanasi Asosiy qarz boʻyicha toʻlovlar summasi Foizlarning toʻlov summasi*** Jami toʻlanadigan summa *** 2007 — 2010-yillar 0 0 15-may 2011-yil 32 420,5 32 420,5 15-noyabr 2011-yil 43 227,5 43 227,5 15-may 2012-yil 43 227,5 43 227,5 15-noyabr 2012-yil 43 227,5 43 227,5 15-may 2013-yil 43 227,5 43 227,5 15-noyabr 2013-yil 43 227,5 43 227,5 15-may 2014-yil 180 114,5 43 227,5 223 342,0 15-noyabr 2014-yil 180 114,5 63 490,5 243 605,0 15-may 2015-yil 180 114,5 62 139,5 242 254,0 15-noyabr 2015-yil 180 114,5 60 788,5 240 903,0 15-may 2016-yil 180 114,5 59 438.0 239 552,5 15-noyabr 2016-yil 180 114,5 58 087,0 238 201,5 15-may 2017-yil 180 114,5 56 736,0 236 850,5 15-noyabr 2017-yil 180 114,5 55 385,0 235 499,5 15-may 2018-yil 180 114,5 54 034,5 234 149,0 15-noyabr 2018-yil 180 114,5 52 683,5 232 798,0 15-may 2019-yil 180 114,5 51 332,5 231447,0 15-noyabr 2019-yil 180 114,5 49 982,0 230 096,5 15-may 2020-yil 180 114,5 48 631,0 228 745,5 15-noyabr 2020-yil 180 114,5 47 280,0 227 394,5 15-may 2021-yil 180 114,5 45 929,0 226 043,5 15-noyabr 2021-yil 180 114,5 44 578,5 224 693,0 15-may 2022-yil 180 114,5 43 227,5 223 342,0 15-noyabr 2022-yil 180 114,5 41 876,5 221 991,0 15-may 2023-yil 180 114,5 40 526,0 220 640,5 15-noyabr 2023-yil 180 114,5 39 175,0 219 289,5 15-may 2024-yil 180 114,5 37 824,0 217 938,5 15-noyabr 2024-yil 180 114,5 36 473,0 216 587,5 15-may 2025-yil 180 114,5 35 122,5 215 237,0 15-noyabr 2025-yil 180 114,5 33 771,5 213 886,0 15-may 2026-yil 180 114,5 32 420,5 212 535,0 15-noyabr 2026-yil 180 114,5 31 070,0 211 184,5 15-may 2027-yil 180 114,5 29 719,0 209 833,5 15-noyabr 2027-yil 180 114,5 28 368,0 208 482,5 15-may 2028-yil 180 114,5 27 017,0 207 131,5 15-noyabr 2028-yil 180 114,5 25 666,5 205 781,0 15-may 2029-yil 180 114,5 24 315,5 204 430,0 15-noyabr 2029-yil 180 114,5 22 964,5 203 079,0 15-may 2030-yil 180 114,5 21 614,0 201 728,5 15-noyabr 2030-yil 180 114,5 20 263,0 200 377,5 15-may 2031-yil 180 114,5 18 912,0 199 026,5 15-noyabr 2031-yil 180 114,5 17 561,0 197 675,5 15-may 2032-yil 180 114,5 16 210,5 196 325,0 15-noyabr 2032-yil 180 114,5 14 859,5 194 974,0 15-may 2033-yil 180 114,5 13 508,5 193 623,0 15-noyabr 2033-yil 180 114,5 12 158,0 192 272,5 15-may 2034-yil 180 114,5 15 807,0 190 921,5 15-noyabr 2034-yil 180 114,5 9 456,0 189 570,5 15-may 2035-yil 180 114,5 8 105,0 188 219,5 15-noyabr 2035-yil 180 114,5 6 754,5 186 869,0 15-may 2036-yil 180 114,5 5 403,5 185 518,0 15-noyabr 2036-yil 180 114,5 4 052,5 184 167,0 15-may 2037-yil 180 114,5 2 701,5 182 816,0 15-noyabr 2037-yil 180 118,5 1 351,0 181469,5 Jami 8 645 500 1 820 555,5 10 461 055,5
* Toʻlov summalari OTB qarz mablagʻlarining haqiqatda oʻzlashtirilgan sanalariga qarab aniqlashtiriladi.
** SDR — maxsus qarz olish huquqi. Kurs 1 SDR = 1,4458 AQSh dollari deb qabul qilingan.
*** Loyihani amalga oshirish davrida (2007 — 2010-yillar) OTB qarzi hisobiga foizlarni toʻlash koʻzda tutilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 8-yanvardagi PQ-555-son qaroriga 3b-ILOVA
Navoiy viloyati boʻyicha OTB qarzini uzish va foizlarni toʻlash
JADVALI*
Qarz summasi 8,6455 mln SDR (12,5 mln AQSh doll. ekv.)** Qaytarish muddati 32 yil Imtiyozli davr 8 yil Foiz stavkasi yillik 1,0% — imtiyozli davr mobaynida yillik 1,5% — imtiyozli davr tugashi bilan (SDR) Toʻlov sanasi Asosiy qarz boʻyicha toʻlovlar summasi Foizlarning toʻlov summasi*** Jami toʻlanadigan summa *** 2007 — 2010-yillar 0 0 15-may 2011-yil 32 420,5 32 420,5 15-noyabr 2011-yil 43 227,5 43 227,5 15-may 2012-yil 43 227,5 43 227,5 15-noyabr 2012-yil 43 227,5 43 227,5 15-may 2013-yil 43 227,5 43 227,5 15-noyabr 2013-yil 43 227,5 43 227,5 15-may 2014-yil 180 114,5 43 227,5 223 342,0 15-noyabr 2014-yil 180 114,5 63 490,5 243 605.0 15-may 2015-yil 180 114,5 62 139,5 242 254,0 15-noyabr 2015-yil 180 114,5 60 788,5 240 903,0 15-may 2016-yil 180 114,5 59 438,0 239 552,5 15-noyabr 2016-yil 180 114,5 58 087,0 238 201,5 15-may 2017-yil 180 114,5 56 736,0 236 850,5 15-noyabr 2017-yil 180 114,5 55 385,0 235 499,5 15-may 2018-yil 180 114,5 54 034.5 234 149,0 15-noyabr 2018-yil 180 114,5 52 683,5 232 798,0 15-may 2019-yil 180 114,5 51 332,5 231 447,0 15-noyabr 2019-yil 180 114,5 49 982,0 230 096,5 15-may 2020-yil 180 114,5 48 631,0 228 745,5 15-noyabr 2020-yil 180 114,5 47 280,0 227 394,5 15-may 2021-yil 180 114,5 45 929,0 226 043,5 15-noyabr 2021-yil 180 114,5 44 578,5 224 693,0 15-may 2022-yil 180 114,5 43 227,5 223 342,0 15-noyabr 2022-yil 180 114,5 41 876,5 221 991,0 15-may 2023-yil 180 114,5 40 526,0 220 640,5 15-noyabr 2023-yil 180 114,5 39 175,0 219 289,5 15-may 2024-yil 180 114,5 37 824,0 217 938,5 15-noyabr 2024-yil 180 114,5 36 473,0 216 587,5 15-may 2025-yil 180 114,5 35 122,5 215 237,0 15-noyabr 2025-yil 180 114.5 33 771,5 213 886,0 15-may 2026-yil 180 114,5 32 420,5 212 535,0 15-noyabr 2026-yil 180 114,5 31 070,0 211 184,5 15-may 2027-yil 180 114.5 29 719,0 209 833,5 15-noyabr 2027-yil 180 114.5 28 368,0 208 482,5 15-may 2028-yil 180 114.5 27 017,0 207 131,5 15-noyabr 2028-yil 180 114,5 25 666,5 205 781,0 15-may 2029-yil 180 114,5 24 315,5 204 430,0 15-noyabr 2029-yil 180 114,5 22 964,5 203 079,0 15-may 2030-yil 180 114,5 21 614,0 201 728,5 15-noyabr 2030-yil 180 114,5 20 263,0 200 377,5 15-may 2031-yil 180 114,5 18 912,0 199 026,5 15-noyabr 2031-yil 180 114,5 17 561,0 197 675,5 15-may 2032-yil 180 114,5 16 210,5 196 325,0 15-noyabr 2032-yil 180 114,5 14 859,5 194 974,0 15-may 2033-yil 180 114,5 13 508,5 193 623,0 15-noyabr 2033-yil 180 114,5 12 158,0 192 272,5 15-may 2034-yil 180 114,5 15 807,0 190 921,5 15-noyabr 2034-yil 180 114,5 9 456,0 189 570,5 15-may 2035-yil 180 114,5 8 105,0 188 219,5 15-noyabr 2035-yil 180 114,5 6 754,5 186 869,0 15-may 2036-yil 180 114,5 5 403,5 185 518,0 15-noyabr 2036-yil 180 114,5 4 052,5 184 167,0 15-may 2037-yil 180 114,5 2 701,5 182.816,0 15-noyabr 2037-yil 180 118,5 1 351,0 181469,5 Jami 8 645 500 1 820 555,5 10 461 055,5
* Toʻlov summalari OTB qarz mablagʻlarining haqiqatda oʻzlashtirilgan sanalariga qarab aniqlashtiriladi.
** SDR — maxsus qarz olish huquqi. Kurs 1 SDR = 1,4458 AQSh dollari deb qabul qilingan.
*** Loyihani amalga oshirish davrida (2007 — 2010-yil) OTB qarzi hisobiga foizlarni toʻlash koʻzda tutilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 8-yanvardagi PQ-555-son qaroriga 4-ILOVA
Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Qashqadaryo va Navoiy viloyatlari qishloq aholi punktlarining suv taʼminoti va sanitariyasi” loyihasini amalga oshirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash
TARKIBI
N.M. Xanov — Bosh vazir oʻrinbosari, Kengash rahbari R.M. Shoabdurahmonov — iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari E.E. Tursunov — moliya vazirining oʻrinbosari O.X. Joʻrayev — tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining oʻrinbosari U.K. Musayev — xalq taʼlimi vazirining oʻrinbosari B.B. Alixanov — Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi M.K. Achilov — Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining oʻrinbosari I.G. Gorlov — Davlat geologiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari Lavozim boʻyicha — Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti bosh mutaxassisi N.T.Nazirov — Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti yetakchi mutaxassisi E.K. Mamadiyorov — Qashqadaryo viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari A.O. Eshonqulov — Navoiy viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari S.S. Saidaliyev — Sogʻliqni saqlash vazirligining Davlat sanitariya va epidemiologiya nazorati departamenti boshligʻi F.T. Toshmuhamedov — “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻining oʻrinbosari U.A. Xolmuhamedov — “Oʻzkommunxizmat” agentligi bosh direktori, Kengashning masʼul kotibi
Izoh: Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan shaxslar kiritiladi.
