Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Maktab taʼlimini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-551-son)
02.01.2007
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Maktab taʼlimini rivojlantirish Davlat umummilliy Dasturi amalga oshirilishini taʼminlash, uzluksiz taʼlimning yaxlit yagona tizimini kuchaytirish va umumtaʼlim maktablarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida:
1. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Jahon banki Direktorlar Kengashi Oʻzbekiston Respublikasiga “Maktab taʼlimini rivojlantirish” loyihasining birinchi bosqichini moliyalashtirish uchun Xalqaro Taraqqiyot Uyushmasining (XTU) ekvivalenti 15,0 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 10,1 mln. QOMH (qarz olish maxsus huquqi) miqdorida, oʻn yillik imtiyozli davrni ham hisobga olgan holda uzish muddati 35 yil boʻlgan foizsiz kredit berishni maʼqulladi;
loyihaning birinchi bosqichini moliyalashtirish boʻyicha 1-ilovaga muvofiq chora-tadbirlar belgilandi;
loyihaning birinchi bosqichida nazarda tutilgan tadbirlar yakunlangach, loyihaning ikkinchi bosqichini moliyalashtirish uchun XTUning 25,0 mln. AQSH dollariga teng miqdordagi krediti beriladi;
XTUning krediti boʻyicha asosiy qarzni uzish bilan bogʻliq xarajatlar, komissiyalar va kredit boʻyicha boshqa sarf-xarajatlarni toʻlash davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
2. XTU kreditini uzish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi ushbu loyihaning ijro etuvchi agentligi etib belgilansin va uning zimmasiga quyidagi vazifalar yuklansin:
XTU qarz mablagʻlaridan maqsadli va oʻz vaqtida foydalanish hamda loyihani samarali amalga oshirish ustidan qatʼiy nazoratni amalga oshirish;
loyihani amalga oshirish doirasida tovarlar, ishlar (xizmatlar)ni xarid qilish boʻyicha tender va baholash komissiyalarining tarkibini tasdiqlash.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur loyihaning texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri ushbu loyihani moliyalashtirish toʻgʻrisida XTU bilan tuzilgan Bitimni Oʻzbekiston Respublikasi nomidan imzolashga vakil etib tayinlansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi bilan XTU oʻrtasida moliyalashtirish toʻgʻrisidagi Bitim boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
7. Loyiha amalga oshiriladigan davrda:
mazkur loyiha doirasida import boʻyicha olib kelinadigan tovarlar, ishlar (xizmatlar) bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan;
ushbu loyihani amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotib olinadigan tovarlar, ishlar (xizmatlar) — qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan ozod etilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining talabnomalariga koʻra, loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarning kirish vizalari konsullik yigʻimi undirib olinmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining talabnomalariga koʻra, loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar berish va ularning muddatini uzaytirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish va uning muddatini uzaytirishni taʼminlasin hamda ular davlat boji toʻlashdan ozod qilinsin.
10. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va R.S. Qosimov zimmalariga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 2-yanvar,
PQ-551-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 2-yanvardagi PQ-551-son qaroriga 1-ILOVA
“Maktab taʼlimini rivojlantirish” loyihasini moliyalashtirish chora-tadbirlari
(ming AQSH dollari) T/r Xarajatlar moddalari Moliyalashtirish manbalari* XTU Oʻzbekiston Respublikasi Jami I. Asosiy xarajatlar 1.1. 1501 oʻrta maktab va 598 maktabgacha taʼlim muassasalarini oʻquv materiallari bilan taʼminlash 9,291 0,0 9,291 maktabgacha taʼlim muassasalari uchun oʻquv materiallari (matematik toʻplamlar, raqamli shtangalar, piramidalar, test doskalari, montessori, chizish uchun konturlar va boshqalar); oʻrta maktablar boshlangʻich sinflari uchun oʻquv materiallari (raqamlar, harflar toʻplami, magnit mahkamlagichlar, magnit doskalar, boʻgʻinlar toʻplami; grammatika, matematika va boshqalar boʻyicha jadvallar); 2-komponent boʻyicha materiallarni, 3-komponent boʻyicha ehtiyojlarni baholash uchun materiallarni oʻrgatuvchi maktablar uchun qoʻllanmalarni nashr etish. 1.2 2-komponent. Oʻrta maktablar/maktabgacha taʼlim muassasalari oʻqituvchilari va rahbarlarining malakasini oshirish tizimini mustahkamlash 3,425 0,0 3,425 kompyuterlar, koʻpaytirish uskunalari, multimedia uskunalari va boshqalar; oʻrta maktablar/maktabgacha taʼlim muassasalari oʻqituvchilari va rahbarlarining malakasini oshirish muassasalari salohiyatini rivojlantirish, shu jumladan mazkur komponent doirasida oʻqitishni tashkil etish boʻyicha 163 ta koordinatorni tayyorlash. 1.3. 3-komponent. 1501 ta oʻrta maktabning maktab vasiylik kengashlarining taʼlim sifatini yaxshilash va maktablarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash masalalari boʻyicha mahalliy darajada qarorlar qabul qilish jarayonida ishtirok etish boʻyicha faoliyatini faollashtirishni qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan: 0,133 0,074 0,207 mahalliy texnik koʻmak koʻrsatish; vasiylik kengashlari va mahalliy hamjamiyat uchun treninglar oʻtkazish. 1.4 Taʼlim sohasida moliyani boshqarish, budjetni tuzish va boshqarish tizimini takomillashtirish, shu jumladan: 0,789 0,036 0,825 Buxoro viloyatida taʼlimni jon boshiga moliyalashtirishni joriy etish hamda ushbu sohada taʼlim tizimi xodimlari uchun zarur oʻqitishni taʼminlash; jon boshiga moliyalashtirishni joriy etish jarayonini qoʻllab-quvvatlash uchun yangi normativ-huquqiy asoslarni ishlab chiqish. 1.5 Loyihani boshqarish, monitoring qilish va baholash 0,406 0,0 0,406 II. Koʻzda tutilmagan xarajatlar 0,956 0,008 0,964 Jami: 15,00 0,118 15,118
* Yakuniy koʻrsatkichlarga loyihaning TIHni ishlab chiqish mobaynida aniqlik kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 2-yanvardagi PQ-551-son qaroriga 2-ILOVA
XTUning “Maktab taʼlimini rivojlantirish” loyihasi boʻyicha kreditini toʻlash
JADVALI
Kredit summasi 10,1 mln MQOH (15,0 mln AQSH dollari ekvivalentida) Qaytarish muddati 35 yil Imtiyozli davr 10 yil Majburiyat uchun komissiya yillik 0,5 foiz Xizmat koʻrsatish uchun komissiya 0,75 foiz MQOH Toʻlov muddati Asosiy qarzni toʻlash summasi Komissiya toʻlovi summasi* Toʻlanishi lozim boʻlgan umumiy summa* 2007-yil 15-may 20 270 20 270 2007-yil 15-noyabr 34 333 34 333 2008-yil 15-may 38 296 38 296 2008-yil 15-noyabr 38 717 38 717 2009-yil 15-may 38 085 38 085 2009-yil 15-noyabr 38 717 38 717 2010-yil 15-may 38 085 38 085 2010-yil 15-noyabr 38 717 38 717 2011-yil 15-may 38 085 38 085 2011-yil 15-noyabr 38 717 38 717 2012-yil 15-may 38 296 38 296 2012-yil 15-noyabr 38 717 38 717 2013-yil 15-may 38 085 38 085 2013-yil 15-noyabr 38 717 38 717 2014-yil 15-may 38 085 38 085 2014-yil 15-noyabr 38 717 38 717 2015-yil 15-may 38 085 38 085 2015-yil 15-noyabr 38 717 38 717 2016-yil 15-may 38 296 38 296 2016-yil 15-noyabr 126 250 38 717 164 967 2017-yil 15-may 126 250 37 609 163 859 2017-yil 15-noyabr 126 250 37 749 163 999 2018-yil 15-may 126 250 36 657 162 907 2018-yil 15-noyabr 126 250 36 781 163 031 2019-yil 15-may 126 250 35 705 161 955 2019-yil 15-noyabr 126 250 35 813 162 063 2020-yil 15-may 126 250 34 945 161 195 2020-yil 15-noyabr 126 250 34 845 161 095 2021-yil 15-may 126 250 33 801 160 051 2021-yil 15-noyabr 126 250 33 877 160 127 2022-yil 15-may 126 250 32 849 159 099 2022-yil 15-noyabr 126 250 32 909 159 159 2023-yil 15-may 126 250 31 897 158 147 2023-yil 15-noyabr 126 250 31 941 158 191 2024-yil 15-may 126 250 31 115 157 365 2024-yil 15-noyabr 126 250 30 973 157 223 2025-yil 15-may 126 250 29 992 156 242 2025-yil 15-noyabr 126 250 30 005 156 255 2026-yil 15-may 126 250 29 040 155 290 2026-yil 15-noyabr 252 500 29 038 281 538 2027-yil 15-may 252 500 27 612 280 112 2027-yil 15-noyabr 252 500 27 102 279 602 2028-yil 15-may 252 500 25 850 278 350 2028-yil 15-noyabr 252 500 25 166 277 666 2029-yil 15-may 252 500 23 803 276 303 2029-yil 15-noyabr 252 500 23 230 275 730 2030-yil 15-may 252 500 21 899 274 399 2030-yil 15-noyabr 252 500 21 294 273 794 2031-yil 15-may 252 500 19 995 272 495 2031-yil 15-noyabr 252 500 19 358 271 858 2032-yil 15-may 252 500 18 191 270 691 2032-yil 15-noyabr 252 500 17 423 269 923 2033-yil 15-may 252 500 16 186 268 686 2033-yil 15-noyabr 252 500 15 487 267 987 2034-yil 15-may 252 500 14 282 266 782 2034-yil 15-noyabr 252 500 13 551 266 051 2035-yil 15-may 252 500 12 378 264 878 2035-yil 15-noyabr 252 500 11 615 264 115 2036-yil 15-may 252 500 10 531 263 031 2036-yil 15-noyabr 252 500 9 679 262 179 2037-yil 15-may 252 500 8 569 261 069 2037-yil 15-noyabr 252 500 7 743 260 243 2038-yil 15-may 252 500 6 665 259 165 2038-yil 15-noyabr 252 500 5 808 258 308 2039-yil 15-may 252 500 4 761 257 261 2039-yil 15-noyabr 252 500 3 872 256 372 2040-yil 15-may 252 500 2 872 255 372 2040-yil 15-noyabr 252 500 1 936 254 436 2041-yil 15-may 252 500 952 253 452 Jami 10 100 000 1 831 803 11 931 803
* — toʻlov summasiga haqiqatda kredit olingan sanaga muvofiq aniqlik kiritiladi.
