Oʻzbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi oʻrtasida ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarning jazoni oʻtashni davom ettirish uchun oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqida (489-I-son)
30.08.1997
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi oʻrtasida ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni jazoni oʻtashni davom ettirish uchun oʻtkazish toʻgʻrisidagi Shartnoma ratifikatsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1997-yil 30-avgust,
489-I-son
