13-modda. Vazirliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarning oʻsimliklar karantini sohasidagi huquqlari
Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida (113-I-son) · Sana: 31.08.1995 · Kuchini yo'qotgan
Karantindagi mahsulotlarni yetishtirish, tayyorlash, saqlash, tashish, qayta ishlash va realizatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi vazirliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar quyidagi huquqlarga ega:
zarur hollarda oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat xizmati vakillari bilan hamkorlikda amaldagi karantin qoidalarining soʻzsiz bajarilishini taʼminlovchi qoʻshimcha chora-tadbirlarni yoki qoʻshimcha choralar majmuini ishlab chiqish;
oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat xizmati organlaridan karantin obyektlarini aniqlash uchun qishloq xoʻjalik yerlarini, hududlarni, omborxona binolarini, oʻsimliklarni va oʻsimlik mahsulotlarini nazorat tekshiruvidan oʻtkazishni talab qilish;
karantin obyektlarining oʻchoqlari toʻliq yoʻq qilib boʻlingandan keyin oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat xizmati organlari va mahalliy hokimiyat organlari oldiga karantinni bekor qilish masalasini qoʻyish.
