“Konsessiyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida (111-I-son)
30.08.1995
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Konsessiyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini “Konsessiyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga moslashtirsin, respublika vazirliklari, idoralari va davlat qoʻmitalari mazkur Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
3. Belgilab qoʻyilsinki, qonunlar “Konsessiyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga moslashtirilgunicha amaldagi qonunlarning mazkur Qonunga zid boʻlmagan qismi qoʻllanilaveradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1995-yil 30-avgust,
111-I-son
