Indoneziya Respublikasida Oʻzbekiston Respublikasining elchixonasini ochish toʻgʻrisida (322-son)
25.06.1997
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi va Indoneziya Respublikasi oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatish toʻgʻrisida 1992-yil 23-iyundagi Protokolga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Jakarta shahrida Indoneziya Respublikasidagi Oʻzbekiston Respublikasining Elchixonasi taʼsis etilsin.
2. Elchixonaning shtat jadvali va 1997-yil uchun xarajatlar smetasi 1 va 2-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
* 2-ilova berilmaydi.
1997-yil uchun Elchixona xodimlari soni 6 nafardan iborat etib belgilansin, ulardan: 4 kishi — diplomatik tarkib xodimlari, 2 kishi — maʼmuriy-texnik xodimlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xodimlarning butlanishiga qarab xarajatlar smetasiga muvofiq 1997-yil uchun zarur mablagʻlar ajratsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bir oy muddatda shtat jadvaliga muvofiq Elchixonaning diplomatik xodimlari tarkibini butlash uchun nomzodlar yuzasidan taklif kiritsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 25-iyun,
322-son
