Hukumatlararo bitimlarni tasdiqlash toʻgʻrisida (431-son)
09.09.1997
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Tasdiqlansin:
1996-yil 23-noyabrda Amman shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Iordaniya Hoshimilar Qirolligi Hukumati oʻrtasida savdo va iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim;
1996-yil 24-noyabrda Amman shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Iordaniya Hoshimilar Qirolligi Hukumati oʻrtasida oʻzlarining tegishli hududlariaro va hududlaridan tashqarida havo qatnovi toʻgʻrisida tuzilgan Bitim.
2 Bosh vazir oʻrinbosarlari va Tashqi ishlar vaziri mazkur shartnomalarda nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 9-sentabr,
431-son
