Hukumatlararo bitimlarni tasdiqlash toʻgʻrisida (225-son)
02.05.1997
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1997-yil 1-aprel kuni Afina shahrida quyidagi imzolanganlar tasdiqlansin:
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Gretsiya Respublikasi oʻrtasida daromad va mol-mulk soliqlariga nisbatan ikkiyoqlama soliq solinishining oldini olish toʻgʻrisidagi Konvensiya;
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Gretsiya Respublikasi oʻrtasida investitsiyalarni ragʻbatlantirish va oʻzaro himoyalash toʻgʻrisidagi Bitim;
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Gretsiya Respublikasi oʻrtasida iqtisodiy va texnologik hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim;
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Gretsiya Respublikasi oʻrtasida taʼlim, fan va madaniyat sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim;
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Gretsiya Respublikasi oʻrtasida turizm sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi Bitim.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarlari, Tashqi ishlar vaziri mazkur shartnomalarda koʻzda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarilishini ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 2-may,
225-son
