Hukumatlararo bitimlarni tasdiqlash toʻgʻrisida (198-son)
16.04.1997
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq:
1. 1997-yil 14-mart kuni Bishkek shahrida quyida imzolanganlar tasdiqlansin:
Oʻzbekiston Respublikasi, Qozogʻiston Respublikasi bilan Qirgʻiziston Respublikasi Hukumatlari oʻrtasida antimonopol siyosati sohasida integratsiyani chuqurlashtirish toʻgʻrisidagi Bitim;
Oʻzbekiston Respublikasi, Qozogʻiston Respublikasi bilan Qirgʻiziston Respublikasi Hukumatlari oʻrtasida ishlab chiqarish kooperatsiyasi toʻgʻrisidagi Bitim;
Oʻzbekiston Respublikasi, Qozogʻiston Respublikasi bilan Qirgʻiziston Respublikasi Hukumatlari oʻrtasida qoʻshma korxonalar, ishlab chiqarish birlashmalarini tashkil etish boʻyicha hamkorlikni qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi Bitim;
Oʻzbekiston Respublikasi, Qozogʻiston Respublikasi bilan Qirgʻiziston Respublikasi Hukumatlari oʻrtasida umumiy ilmiy-texnologik makon yaratish toʻgʻrisidagi Bitim.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarlari, Tashqi ishlar vaziri mazkur shartnomalarda koʻzda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 16-aprel,
198-son
