Hukumatlararo bitimlarni tasdiqlash toʻgʻrisida (184-son)
10.04.1997
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Tasdiqlansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Litva Respublikasi Hukumati oʻrtasida avtomobil transportida xalqaro yoʻlovchilar va yuklarni tashish toʻgʻrisidagi Bitim;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Litva Respublikasi Hukumati oʻrtasida temir yoʻl transporti sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim;
1997-yil 20-fevralda Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Litva Respublikasi Hukumati oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi yuklarini Klaypeda davlat dengiz porti orqali tashish uchun transport va boshqa xizmatlarni koʻrsatish toʻgʻrisidagi Bitim.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q. Rahimov, tashqi ishlar vaziri A. Kamilov Oʻzbekiston Respublikasining mazkur shartnomalarda nazarda tutilgan majburiyatlari oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 10-aprel,
184-son
