Hukumatlararo bitimlarni tasdiqlash toʻgʻrisida (26-son)
15.01.1997
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq:
1. Tasdiqlansin:
1996-yil 26-noyabr kuni Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Gretsiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida havo qatnovi toʻgʻrisidagi Bitim;
1996-yil 26-noyabr kuni Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Gretsiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida konsullik muassasalarini ochish toʻgʻrisidagi Bitim;
1996-yil 2-dekabr kuni Lissabon shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi bilan Portugaliya Respublikasi oʻrtasida havo qatnovi toʻgʻrisidagi Bitim.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarlari, Tashqi ishlar vaziri mazkur shartnomalarda koʻzda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 15-yanvar,
26-son
