“Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ayrim moddalarining amal qilishini vaqtincha toʻxtatib turish haqida (O‘RQ-94-son)
27.04.2007
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.04.2009
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 27-fevralda qabul qilingan Senat tomonidan 2007-yil 29-martda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustda qabul qilingan “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi 660-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 9, 160-modda) 9, 13, 14, 15 va 16-moddalarining amal qilishi 2013-yil 1-yanvargacha toʻxtatib turilsin.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 27-aprel,
OʻRQ-94-son
