“Banklarni roʻyxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida (630-7-son)
16.09.2004
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 16-sentabrda 630-7-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunining 7, 17-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-fevraldagi 89-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish hamda bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. “Banklarni roʻyxatga olish va litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga (1999-yil 11-fevral, roʻyxat raqami 630) kiritilgan oʻzgartirishlar ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiritilsin.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2004-yil 21-avgust,
18/3-son
