“186-modda. Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud oʻtkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish”;
Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-93-son) · Sana: 25.04.2007 · Amalda
birinchi qismi quyidagi mazmundagi birinchi va ikkinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Isteʼmolchilarning hayoti yoki sogʻligʻi xavfsizligi talablariga javob bermaydigan tovarlarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud oʻtkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish, —
eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar badanga oʻrtacha ogʻir yoxud ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
ikkinchi va uchinchi qismlari tegishlicha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;
2) 1861-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish, —
eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) koʻp miqdorda;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
g) xizmat lavozimini suiisteʼmol qilish yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining toʻrt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) juda koʻp miqdorda;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
yetti yildan oʻn ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini koʻp miqdorda yoki juda koʻp miqdorda qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoxud muomalaga kiritishga hokimiyat yoki mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish yoʻli bilan homiylik qilish, —
