Topshirilgan qishloq xoʻjalik mahsulotlari uchun “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi” yakuniy hisob-kitob toʻlovlarini amalga oshirish tartibiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (657-3-son)
01.11.2004
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 1-noyabrda 657-3-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-avgustdagi 376-sonli “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasini “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami 2004-y., 31-son, 358-modda) qarorining 11-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki tomonidan 1999-yil 8-fevralda tasdiqlangan 10-04-sonli va 115-V-sonli “Topshirilgan qishloq xoʻjalik mahsulotlari uchun “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob Jamgʻarmasi” mablagʻlari hisobidan yakuniy hisob-kitob toʻlovlarini amalga oshirish Tartibi”ga (roʻyxat raqami 657, 1999-yil 1-mart) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan soʻng kuchga kiradi.
Moliya vaziri S. B. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 15-oktabr,
115-son
Markaziy bank raisi F.M. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2004-yil 15-oktabr,
115-V-3-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qarori bilan TASDIQLANGAN “15” oktyabr 2004-yil № 115 va № 115-V-3
“Topshirilgan qishloq xoʻjalik mahsulotlari uchun “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob Jamgʻarmasi” mablagʻlari hisobidan yakuniy hisob-kitob toʻlovlarini amalga oshirish Tartibiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Tartibining butun matni boʻyicha “Oʻzdonmahsulot” DAK” soʻzlari “Oʻzdonmahsulot” AK” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Mazkur oʻzgartirishlar aksiyadorlik-tijorat “Gʻallabank” bilan kelishilgan.
AT “Gʻallabank” Boshqaruvi raisi I.I. OʻRINBOYEV
2004-yil 14-oktabr
