Topshirilgan qishloq xoʻjalik mahsulotlari uchun “davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi” mablagʻlari hisobidan yakuniy hisob-kitob toʻlovlarini amalga oshirish tartibiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (657-2-son)
31.01.2002
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 31-yanvarda 657-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 12-iyundagi 252-sonli “Respublika paxta tozalash sanoatini boshqarish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorining 9-bandiga muvofiq qaror qilamiz:
1. Topshirilgan qishloq xoʻjalik mahsulotlari uchun “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob Jamgʻarmasi” mablagʻlari hisobidan yakuniy hisob-kitob toʻlovlarini amalga oshirish tartibiga (roʻyxat raqami 657, 1999-yil 1-mart), ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran oʻn kun oʻtganidan soʻng kuchga kiradi.
Vazir M.NURMURODOV
Toshkent sh.,
2002-yil 22-yanvar,
23-son
Rais F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2002-yil 22-yanvar,
115-V-2-son
