Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan, qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi toʻgʻrisida nizomga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (612-4-son)
08.09.2005
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 8-sentabrda 612-4-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 20-maydagi PF-3610-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2005-y., 21-son, 152-modda) Farmoniga ilovaning 1-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki tomonidan 1999-yil 28-yanvarda 10, 116-V-son bilan tasdiqlangan “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan, qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob Jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizom”ga (1999-yil 28-yanvar, roʻyxat raqami 612) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtgan kundan boshlab oʻn kundan soʻng kuchga kiradi.
Moliya vaziri S.B. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 15-avgust,
77-son
Markaziy bank raisi F.M. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2005-yil 15-avgust,
№116-V-4-son
