Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi tomonidan ajratilgan mablagʻlarni qaytarish uchun gʻalla, un va sholi sotishdan tushayotgan mablagʻlarni akkumulatsiya qilish tartibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (653-3-son)
04.06.2004
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki BOShQARUVI Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 4-iyunda 653-3-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Gʻalla, un va sholi sotishdan tushayotgan mablagʻlarni akkumulatsiya qilish mexanizmini takomillashtirish maqsadida qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki tomonidan 1999-yil 8-fevraldagi 10-01, 111-V-son bilan tasdiqlangan “Davlat ehtiyojlar uchun xarid qilinadigan gʻalla va guruch-sholiga Jamgʻarma tomonidan avans berish va hisob-kitob qilish uchun ajratiladigan mablagʻlarni qaytarish uchun don mahsulotlari korxonalarining gʻalla, un va guruch-sholini sotishdan tushayotgan mablagʻlarini akkumulatsiya qilish tartibi”ga (1999-yil 8-fevral, roʻyxat raqami 653-son) oʻzgartirish va qoʻshimchalar ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtgan kundan boshlab oʻn kundan soʻng kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2004-yil 28-aprel,
111-V-3-son
Moliya vaziri M. NURMURADOV
Toshkent sh.,
2004-yil 28-aprel,
56-son
