Haydovchilar va haydovchilikka nomzodlar hamda ularni tayyorlashga aloqador shaxslar kasbga yaroqliligini aniqlash toʻgʻrisida (1-son)
23.08.1993
Nizom
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1993-yil 23-avgustda 1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
1. Umumiy qoidalar
1.1. Oʻzbekiston Respublikasi transport haydovchilarining va haydovchilikka nomzodlarning kasbga yaroqliligini aniqlash Markazi barcha avtomobil transporti korxonalari, shahar elektr transporti haydovchilarni ishga yaroqliligini yalpisiga tekshirishni tashkil qiladi.
1.2. Haydovchilar va haydovchilik kasbiga nomzodlarning yaroqliligini tekshirishga Ichki ishlar, Avtomobil transporti, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi avtotransport xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy qoʻmitasi tomonidan 1991-yil tasdiqlangan “haydovchilarning kasbga yaroqliligini tekshirish Respublika laboratoriyasi toʻgʻrisidagi” Nizom, Avtotransport haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash (malakasini oshirish Respublika Muvofiqlashtirish Kengashining 1992-yil 15-noyabrdagi qarori, Ishning 1992-yil 25-dekabrdagi 474-buyrugʻi, “Avtotrans” davlat aksionerlik korporatsiyasining 1993-yil 26-fevraldagi 109-sonli va Sogʻliqni saqlash vazirligining 1993-yil 18-fevraldagi 73-sonli qoʻshma buyruqlari, “Avtotrans” davlat aksionerlik korporatsiyasining 1993-yil 26-fevraldagi 110-son buyrugʻi va mazkur Nizom asos boʻladi.
1.3. Biror toifali yoki barcha toifali haydovchilar va haydovchilikka nomzodlarning kasbiy muhim psixofiziologik sifatlari reytinglar vositasida aniqlanadi.
1.4. Avtomobil va elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlaydigan oʻquv yurtlariga oʻqishga kirmoqchi boʻlgan shaxslar kasbga yaroqlilik koʻrigidan oʻtishlari shart.
1.5. Kasbga yaroqliligini aniqlash koʻrigidan oʻtish uchun toʻlovlar IIV DAN boshqarmasining boshligʻi bilan kelishilgan holda Markaz boshligʻi tomonidan tasdiqlangan kalkulatsiyasiga asosan pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
1.6. Haydovchilarni kasbga yaroqlilik koʻrigidan belgilangan muddatda oʻz vaqtida oʻtishlarini taʼminlash va oʻtkazish nazorati avtokorxonalar, elektr transporti depolari rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
1.7. Koʻrikning sifatli oʻtkazilishi uchun javobgarlik Markaz rahbariyati zimmasiga yuklanadi. Filiallar va bosh laboratoriya ishi ustidan nazoratni Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil haydovchilarining kasbga yaroqliligini aniqlash Markazi taʼminlaydi. Markaz filiallari oʻz muhr va shtampiga egadirlar.
1.8. Haydovchilarning kasbga yaroqliligini aniqlash Sogʻliqni saqlash vazirligining 1993-yil 18-fevraldagi 73-son buyrugʻiga muvofiq belgilangan muddatlarda oʻtkaziladi /3-ilova /.
2. Haydovchilar va haydovchilikka nomzodlarni koʻrikdan oʻtkazish tartibi
2.1. Haydovchilar va haydovchilikka nomzodlar koʻrikdan quyidagi hujjatlar asosida oʻtkaziladilar.
Haydovchilikka nomzodlar uchun:
— shaxsiy pasporti;
— tibbiy maʼlumotnoma.
Davlat transport vositasi haydovchilari uchun:
— avtotransport korxonalari va depolarning yoʻllanmasi;
— haydovchilik guvohnomasi;
— tibbiy maʼlumotnoma.
2.2. Avtotransport vositalari haydovchilari va haydovchilikka nomzodlarning kasbga yaroqliligi elektron-hisoblash mashinalarida maxsus dastur vositasida aniqlanadi va maʼlumotlar ularning “Kasbga yaroqliligi haqidagi xulosa” varaqalariga yoziladi. /1-ilova/. Ushbu varaqalar Markaz hamda uning filiallarida saqlanadi.
2.3. Koʻrikdan oʻtayotgan har bir haydovchi, haydovchilikka nomzod, haydovchilar tayyorlaydigan oʻqituvchi va amaliyot xodimlariga nisbatan ular ruhiy kasal, giyohvand yoki surunkasiga spirtli ichimlik isteʼmol qiluvchi shaxs sifatida hisobda turish-turmasliklari haqidagi maʼlumotnomani Markaz va uning joylardagi xodimlari shaxsan olishlari va shu maʼlumotlarni shaxsiy varaqalariga yozishlari shart. Ushbu maʼlumotnomalarni koʻrikdan oʻtayotgan shaxslardan talab qilish man etiladi.
Mazkur maʼlumotlar Markaz tomonidan beriladigan xulosada ham koʻrsatilishi lozim. Maʼlumotning haqqoniyligi uchun Markaz rahbari va xulosani tayyorlagan xodim javobgar hisoblanadi.
2.4. Ruhiy kasallar, giyohvandlar, surunkasiga spirtli ichimlik isteʼmol qiluvchilar haqida Markaz xodimlari maʼlumot soʻrashganda tegishli tibbiyot muassasalari rahbariyati zudlik bilan javob berishlari shart.
2.5. Haydovchida salbiy psixofiziologiya belgilar aniqlangan hollarda unga nisbatan avtokorxona, depo rahbarlari 2-ilovaga muvofiq choralar qoʻrishlari shart.
2.6. Haydovchining transport vositasini boshqarishga yaroqliligiga ishonchsizlik tugʻilganda DAN, avtokorxona, depo rahbarlari ularni kasbga yaroqliligini aniqlash Markaziga yoʻllaydilar.
2.7. Ishga yangidan qabul qilinayotgan haydovchilar Markazning muayyan avtomobil turiga yaroqliligi toʻgʻrisidagi muddati oʻtmagan xulosaga ega boʻlishlari kerak.
2.8. Markaz va uning joylardagi xodimlari haydovchilarni tayyorlashga aloqador barcha oʻquv yurtlari oʻqituvchilari va amaliy mashgʻulot ustalarining malaka va bilimlarini tekshirib, kasbiga yaroqliligi haqida xulosa beradi.
3. Avtokorxona, depo va oʻquv yurtlari Markaz xulosasiga rioya etmagan yoki xulosasiz oʻqishga qabul qilgan hollarda Markaz shu idoraning yuqori tashkilotlari va DAN ga chora qoʻrish uchun maʼlumotnoma yuboradi.
4. Haydovchilar tayyorlaydigan barcha oʻqituvchilar, amaliy mashgʻulot ustalari ishga qabul qilinayotgan paytda kasbga yaroqliligi haqidagi maʼlumotnoma talab qilinadi.
5. Ushbu toifa oʻqituvchilar va amaliy mashgʻulot ustalarining oʻz kasbiga yaroqliligi har 3 yilda bir marta, DAN rahbarlarining talabiga binoan esa muddatidan oldin ham tekshirilishi mumkin.
6. Markaz faoliyati yoʻllarda harakatlanish xavfsizligiga sezilarli ijobiy natija bermagan hamda faoliyatida gʻayriqonuniy harakatlar aniqlangan hollarda IIV DAN boshqarmasi taklifi bilan toʻxtatilishi mumkin.
7. Transport haydovchilari va haydovchilikka nomzodlarning kasbga yaroqliligini aniqlash Markazi 2 yil muddatda faqat Toshkent shahri hududida faoliyat koʻrsatadi. Uning faoliyati yoʻllarda harakatlanish xavfsizligiga ijobiy taʼsir koʻrsatgan va mazkur faoliyatni amalga oshirish uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilgan, IIB DAN boshqarmasi roziligi bilan Respublikaning boshqa hududlarida ham joriy etilishi mumkin.
8. Markaz qilingan ishlar haqida har 3 oyda IIV DAN boshqarmasiga maʼlumotnoma yuboradi 4 — 7 - ilovalar.
9. Mazkur Nizom tasdiqlangan kundan kuchga kiradi.
1-ILOVA
Avtotransport haydovchilari, haydovchilikka nomzodlarning kasbiga yaroqliligi haqida
XULOSA
2-ILOVA
Haydovchida salbiy psixofiziologik belgilar aniqlangan hollarda koʻriladigan
ChORALAR
3-ILOVA
Transport vositalari haydovchilarining kasbga yaroqlilik koʻrigidan oʻtish
MUDDATLARI
4-ILOVA
Transport vositaci haydovchilarining kasbga yaroqliligini aniqlash boʻyicha 199 _____ yil ___________ gacha qilingan ishlar haqida
MAʼLUMOT
5-ILOVA
Transport vositasi haydovchilarining kasbga yaroqliligini aniqlash boʻyicha 199 _____ yil ________ gacha qilingan ishlar haqida
MAʼLUMOT
6-ILOVA
Haydovchilikka nomzodlarning kasbga yaroqliligini aniqlash boʻyicha 199____ yil _____________ gacha qilingan ishlar haqida
MAʼLUMOT
7-ILOVA
Haydovchilarning tayyorlash oʻquv yurtlarning oʻqituvchilari va amaliy mashgʻulot ustalarining kasbga yaroqliligini aniqlash boʻyicha 199 ____ yil ______gacha qilingan ishlar haqida
MAʼLUMOT
