Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (1086-XII-son)
06.05.1994
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.03.2026
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi, “Garov toʻgʻrisida”gi, “Yer soligʻi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa qonunlar qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
I. Quyidagi qonunlarga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
2. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 14-yanvarda qabul qilingan “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 3, 160-modda):
25-moddaning toʻrtinchi qismidagi “koʻp yillik xizmat qilganlik uchun pensiya olish huquqiga ega boʻladilar” degan soʻzlar “imtiyozli pensiya olish huquqiga ega boʻladilar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
II. Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonunlari:
1992-yil 13-yanvarda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Oʻzbekiston Respublikasining davlat nazorati komitetini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 3, 151-modda);
1993-yil 6-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining pul tizimi toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 5, 219-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 6-may,
1086-XII-son
