“Oʻzbekneftgaz” MXK korxonalarini burgʻulash qurilmalari va 3D seysmik qidiruv komplekslari bilan jihozlash” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-617-son)
06.04.2007
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 29-sentabrdagi PQ-478m-sonli qaroriga muvofiq hamda geologiya-qidiruv ishlarini oʻtkazish va chuqur hamda qiya-gorizontal quduqlarni burgʻulab uglevodorodlar qazib olishning zarur darajasiga erishishni taʼminlash maqsadida:
1. “Oʻzbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasining Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) Hukumatining eksport kreditlaridan foydalangan holda “Oʻzbekneftgaz” MXK korxonalarini burgʻulash qurilmalari va 3D seysmik qidiruv komplekslari bilan jihozlash” loyihasini amalga oshirish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
“Oʻzgeoburneftgaz” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan konkurs tanlovi yakunlari boʻyicha Xitoy kompaniyalari bilan umumiy miqdori 209,1 mln. dollarlik, shu jumladan “China Petroleum Technology & Development Corporation, CPTDC” bilan qiymati 203,0 mln. dollarlik burgʻulash qurilmalari va maxsus texnika yetkazib berish, “China National Machinery Industry Corporation, SINOMACH” bilan qiymati 6,1 mln. dollarlik sementlashtiruvchi agregatlarni yetkazib berish toʻgʻrisida 1-ilovaga muvofiq shartnomalar tuzildi;
seysmik qidiruv uchun uskunalarni xarid qilish, 2-ilovaga muvofiq, “Oʻzbekneftgaz” MXKning shaxsiy mablagʻlari hisobidan, belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
3. Belgilansinki, 1-ilovaga muvofiq, umumiy qiymati 209,1 mln. dollar boʻlgan burgʻulash uskunalari, shuningdek, maxsus texnikani yetkazib berish shartnomalarini moliyalashtirish quyidagicha amalga oshiriladi:
umumiy qiymatning 85 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki krediti hisobidan — XXR Eksimbankining 15 yil muddatga, shu jumladan 5 yil imtiyozli davr bilan beriladigan 177,6 mln. dollar miqdordagi kredit mablagʻlarini qayta moliyalashtirish yoʻli bilan;
31,5 mln. dollar miqdoridagi 15 foizi — “Oʻzbekneftgaz” MXKning shaxsiy mablagʻlari hisobidan.
4. Quyidagilar:
“Oʻzbekneftgaz” MXK korxonalarini burgʻulash qurilmalari va 3D seysmik qidiruv komplekslari bilan jihozlash” loyihasi texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari 3-ilovaga muvofiq;
“Oʻzbekneftgaz” MXK korxonalarini burgʻulash qurilmalari va 3D seysmik qidiruv komplekslari bilan jihozlash” loyihasi boʻyicha XXR Eksimbanki kreditini toʻlash prognoz jadvali 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Belgilansinki:
“Oʻzbekneftgaz” MXK kredit mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish, shuningdek qabul qilingan texnik-iqtisodiy hisob-kitob koʻrsatkichlari boʻyicha loyihaning oʻz vaqtida amalga oshirilishi uchun javobgar boʻlgan ijro etuvchi organ hisoblanadi;
XXR Eksimbanki kreditiga xizmat koʻrsatish boʻyicha asosiy qarzni uzish, foizlar, komissiyalar va boshqa xarajatlarni toʻlash “Oʻzbekneftgaz” MXKning shaxsiy mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki mazkur loyihani moliyalashtirish uchun:
XXR Eksimbanki bilan yakka tartibdagi qarz bitimini tuzsin;
XXR Eksimbankining qarz mablagʻlarini qayta moliyalashtirish boʻyicha “Oʻzbekneftgaz” MXK bilan kredit shartnomalari tuzsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri XXR Eksimbankiga yakka tartibdagi qarz bitimi boʻyicha tasdiqnoma-xatni belgilangan tartibda berishga vakil etib tayinlansin.
8. XXR Eksimbanki, mazkur qarorda koʻrsatib oʻtilgan Xitoy sugʻurta agentliklari va kompaniyalari mazkur Loyihani amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi hududida toʻlov manbaidan olinadigan foyda soligʻi toʻlashdan ozod etilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzbekneftgaz” MXKning talabnomalariga koʻra Loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarning kirish vizalari konsullik yigʻimi va boshqa yigʻimlar undirib olinmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oʻzbekneftgaz” MXKning talabnomalariga koʻra Loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar berish va ularning muddatini uzaytirish, shuningdek vaqtincha roʻyxatda turish va uning muddatini uzaytirishni taʼminlasin hamda ular davlat boji toʻlashdan ozod qilinsin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 6-aprel,
PQ-617-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 6-apreldagi PQ-617-son qaroriga 1-ILOVA
XXR Eksimbanki krediti va “Oʻzbekneftgaz” MXKning shaxsiy mablagʻlari hisobiga yetkazib beriladigan burgʻilash uskunalari, shuningdek maxsus texnikalar
ROʻYXATI
T/r Uskunalar nomlanishi Yetkazib beruvchi kompaniyalar Oʻlchov birligi 2007-y. 2008-y. Jami 2007-2008 yy. 1. Yuk koʻtarish quvvati 320 tonna boʻlgan burgʻulash uskunalari “China Petroleum Technology & Development Corporation” (CPTDC) komp. 11 ______ 105,79 8 ______ 74,75 19 ______ 180,54 mln. doll 2. Yuk koʻtarish quvvati 180 tonna boʻlgan burgʻulash uskunalari “China Petroleum Technology & Development Corporation” (CPTDC) komp. 2 ______ 9,11 2 ______ 9,11 4 ______ 18,22 mln. doll 3. Yuk koʻtarish quvvati 70 tonna boʻlgan avtokran “China Petroleum Technology & Development Corporation” (CPTDC) komp. 2 ______ 2,12 2 ______ 2,12 4 ______ 4,24 mln. doll 4. Sementlaydigan agregat “China National Machinery Industry Corporation, SINOMACN” komp. 10 ______ 6,10 - ______ - 10 ______ 6,10 mln. doll Uskunaning umumiy qiymati(mln dollar) 123,12 85,98 209,10
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 6-apreldagi PQ-617-son qaroriga 2-ILOVA
“Oʻzbekneftgaz” MXKning shaxsiy mablagʻlari hisobidan xarid qilinadigan seysmik qidiruv uchun uskunalar
ROʻYXATI
komplekt T/r Uskunaning nomlanishi 2007-y. 2008-y. 2009-y. 2010-y. 2011-y. Jami 2007 — 2011 yy. 1. 3D seysmik qidiruv uchun raqamli qayd qiluvchi telemetrik kompleks 1 1 1 1 1 5 1.1 3D seysmik qidiruv uchun raqamli telemetrik seysmik stansiyalar, ehtiyot qismlari va butlovchi buyumlari bilan birga 1 1 0 1 0 3 1.2 3 D seysmik qidiruv uchun 3-komponentli qayd qiluvchi telemetrik seysmik stansiyalar, ehtiyot qismlari va butlovchi buyumlari bilan birga 0 0 1 0 1 2 2. Seysmik vibratorlar, ularning ehtiyot qismlari va buyumlari bilan birga 12 12 12 12 12 60 3. Texnologiya transporti — jami, shu jumladan: 27 27 27 27 27 135 3.1 6x6 yuqori oʻtish qobiliyatiga ega avtomobillar shassisida seysmik stansiyalar uchun maxsus laboratoriya 1 1 1 1 1 5 3.2 6x6 yuqori oʻtish qobiliyatiga ega avtomobillar shassisida oʻrab yetkazib beruvchi mashina laboratoriyasi 6 6 6 6 6 30 3.3 4x4 mikroavtobus-furgonda modullar nazorati, boshqaruv va nazorat, topoprivyazka laboratoriyasi 8 8 8 8 8 40 3.4 Yuk koʻtarish quvvati 3 tonnagacha boʻlgan 4x4 yuk avtomashinasida topoprivyazka laboratoriyasi 3 3 3 3 3 15 3.5 6x6 yuqori oʻtish qobiliyatiga ega avtomobillar shassisida vaxtali avtobus 2 2 2 2 2 10 3.6 6x6 yuqori oʻtish qobiliyatiga ega avtomobillar shassisida avtozapravkachilar, ichimlik suv uchun avtotsisternalar 4 4 4 4 4 20 3.7 Dala ishlari olib boriladigan joylarga geofizika uskunalarini yetkazish uchun 6x6 yuqori oʻtish qobiliyatiga ega yuk tashuvchi bortli avtomobillar 2 2 2 2 2 10 3.8 6x6 yuqori oʻtish qobiliyatiga ega avtomobillar shassisida avtokran 1 1 1 1 1 5 4. 3 D seysmik partiyalarning vaxta dala lageri uchun koʻchma vagon-uylar, shu jumladan: 23 23 23 23 23 115 4.1 Hisoblash markazi, tibbiyot punkti, ustaxona va apparatxona uchun vagon-uylar 4 4 4 4 4 20 4.2 Ishchilar yashashi va sanitariya jihatdan taʼminlash uchun vagon-uylar 15 15 15 15 15 75 4.3 Vagon-uylar — ovqatlanish xonasi va oshxona 4 4 4 4 4 20 5. Dalaga ishlov berish va muhokama olib borishga moʻljallangan komplekslar 1 1 1 1 1 5
*Izohlar: Tasdiqlangan DTIHga muvofiq uskunalarning dastlabki qiymati 65.05 mln dollardan iborat (Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-iyundagi 262-f-sonli farmoyishi).Uskunalarning yakuniy qiymati tanlov savdolari natijalariga koʻra aniqlanadi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 6-apreldagi PQ-617-son qaroriga 3-ILOVA
“Oʻzbekneftgaz” MXK korxonalarini burgʻilash qurilmalari va 3D seysmik qidiruv komplekslari bilan jihozlash” loyihasi texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarining
ASOSIY TEXNIK-IQTISODIY PARAMETRLARI
T/r Koʻrsatkichning nomlanishi Oʻlchov birligi Jami Moliyalashtirish manbalari XXR Eksimbanki krediti Shaxsiy mablagʻlar 1. Xarid qilishning cheklangan qiymati mln AQSh dollari ekv. 281,72 177,60 104,12 shu jumladan: burgʻilash qurilmalari 3D seysmik qidiruv komplekslari mln AQSh dollari 209,10 65,05* 177,60 - 31,50 65,05 Investitsiya davrida moliyaviy chiqimlar (foizlar va komissiya, bojxona va boshqa xarajatlar) mln AQSh dollari ekv. 7,57 - 7,57 2. Xarid qilinadigan: burgʻilash qurilmalari; 3D seysmik qidiruv komplekslari soni 23 komplekt 5 komplekt 3. Yilda bitta burgʻilash qurilmasini kovlab borish 5,5 ming pog. km 4. Bir dona seysmik qidiruv kompleksi uchun seysmik qidiruv ishlarning oʻrtacha hajmi 252 kv. km 5. Burgʻilash qurilmalari; 3 D seysmik qidiruv komplekslarini yetkazish davri 2007-2008 yy. 2007 — 2011 yy. 6. Valyuta kreditini qoplash muddati yil 15, imtiyozli davr 5 yil 7. Loyihani amalga oshirish muddati yil 2007 — 2021 yy. 8. Loyiha xarajatlarini qoplash muddati yil 10
* Izohlar: Tasdiqlangan DTIHga muvofiq uskunalarning dastlabki qiymati 65.05 mln dollardan iborat (Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-iyundagi 262-f-sonli farmoyishi).Uskunalarning yakuniy qiymati tanlov savdolari natijalariga koʻra aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 6-apreldagi PQ-617-son qaroriga 4-ILOVA
“Oʻzbekneftgaz” MXK korxonalarini burgʻilash qurilmalari va 3D seysmik qidiruv komplekslari bilan jihozlash” loyihasi boʻyicha XXR Eksimbanki kreditini soʻndirishning
PROGNOZ JADVALI
Kredit miqdori 177 601 952 AQSh dollari Kreditdan foydalanish muddati 15 yil; Imtiyozli davr 5 yil; Foiz stavkasi (OʻzMBning marjasini hisobga olgan holda 0,5 foiz) yillik 3,5 foiz Majburiyat uchun komissiya kreditning foydalanilmagan miqdoridan yillik 0,3% Boshqaruv uchun komissiya kredit miqdoridan 0,3 foiz (bir martalik) AQSh dollari Sana Tanlash Qarzdorlik Asosiy qarzni uzish* Foizlar toʻlovi** Majburiyat uchun komissiya Boshqaruv uchun komissiya 2007-yil I yarim yillik*** 25 713 113,43 25 713 113,43 449 979,49 227 833,26 532 805,86 2007-yil II yarim yillik 86 059 103,32 111 772 216,75 1 956 013,79 98 744,60 2008-yil I yarim yillik 65 829 735,25 177 601 952,00 3 108 034,16 2008-yil II yarim yillik 177 601 952,00 3 108 034,16 2009-yil I yarim yillik 177 601 952,00 3 108 034,16 2009-yil II yarim yillik 177 601 952,00 3 108 034,16 2010-yil I yarim yillik 177 601 952,00 3 108 034,16 2010-yil II yarim yillik 177 601 952,00 3 108 034,16 2011-yil I yarim yillik 177 601 952,00 3 108 034,16 2011-yil II yarim yillik 177 601 952,00 3 108 034,16 2012-yil I yarim yillik 168 721 854,40 8 880 097,60 3 108 034,16 2012-yil II yarim yillik 159 841 756,80 8 880 097,60 2 952 632,45 2013-yil I yarim yillik 150 961 659,20 8 880 097,60 2 797 230,74 2013-yil II yarim yillik 142 081 561,60 8 880 097,60 2 641 829,04 2014-yil I yarim yillik 133 201 464,00 8 880 097,60 2 486 427,33 2014-yil II yarim yillik 124 321 366,40 8 880 097,60 2 331 025,62 2015-yil I yarim yillik 115 441 268,80 8 880 097,60 2 175 623,91 2015-yil II yarim yillik 106 561 171,20 8 880 097,60 2 020 222,20 2016-yil I yarim yillik 97 681 073,60 8 880 097,60 1 864 820,50 2016-yil II yarim yillik 88 800 976,00 8 880 097,60 1 709 418,79 2017-yil I yarim yillik 79 920 878,40 8 880 097,60 1 554 017,08 2017-yil II yarim yillik 71 040 780,80 8 880 097,60 1 398 615,37 2018-yil I yarim yillik 62 160 683,20 8 880 097,60 1 243 213,66 2018-yil II yarim yillik 53 280 585,60 8 880 097,60 1 087 811,96 2019-yil I yarim yillik 44 400 488,00 8 880 097,60 932 410,25 2019-yil II yarim yillik 35 520 390,40 8 880 097,60 777 008,54 2020-yil I yarim yillik 26 640 292,80 8 880 097,60 621 606,83 2020-yil II yarim yillik 17 760 195,20 8 880 097,60 466 205,12 2021-yil I yarim yillik 8 880 097,60 8 880 097,60 310 803,42 2021-yil II yarim yillik 0,00 8 880 097,60 155 401,71 Jami 177 601 952,00 177 601 952,00 59 904 625,24 326 577,86 532 805,86
* Asosiy qarzni uzish sanasi kredit shartnomasi kuchga kirgan sanaga va dastlabki tanlash sanasiga bogʻliq boʻladi.
** Komissiya va foizlar toʻlovi miqdori tanlashning haqiqiy sanasi va miqdoriga bogʻliq boʻladi.
*** Kreditning tanlash davri prognoz hisoblanib, kredit shartnomasining kuchga kirish sanasiga bogʻliq boʻladi.
