8-modda. Shikoyat yuzasidan sud qarori
Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish toʻgʻrisida (108-I-son) · Sana: 30.08.1995 · Amalda
Shikoyatni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha sud qaror chiqaradi.
Sud shikoyatning asosliligini aniqlagach, ustidan shikoyat berilgan xatti-harakatni (qarorni) qonunsiz deb topadi, fuqaroning talablarini qanoatlantirish majburiyatini yuklaydi yoki uning buzilgan huquqlari va erkinliklarini oʻzgacha yoʻl bilan tiklaydi.
Agar ustidan shikoyat berilgan xatti-harakatni (qarorni) sud fuqaroning huquqlari va erkinliklarini buzmaydigan qonuniy xatti-harakat (qaror) deb topsa, u shikoyatni qanoatlantirishni rad etadi.
Sudning qarori ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuqori sudga shikoyat berilishi mumkin.
