6-modda. Sudga shikoyat bilan murojaat qilish muddatlari
Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish toʻgʻrisida (108-I-son) · Sana: 30.08.1995 · Amalda
Sudga shikoyat bilan murojaat qilish uchun quyidagi muddatlar belgilanadi:
fuqaro oʻz huquqlari va erkinliklari buzilganligidan xabar topgan kundan boshlab uch oy;
fuqaro yuqori turuvchi organ, mansabdor shaxsning shikoyatni qanoatlantirishni rad etish haqidagi yozma bildirishini olgan kundan boshlab bir oy;
agar fuqaro oʻz shikoyatiga yozma javob olmagan boʻlsa, shikoyat berganidan keyin bir oy muddat oʻtgan kundan boshlab bir oy.
Shikoyat berishning uzrli sabablarga koʻra oʻtkazib yuborilgan muddati sud tomonidan tiklanishi mumkin.
