56-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida (29-I-son) · Sana: 06.05.2005 · Amalda
Senatning qoʻmitalari, shuningdek senatorlar davlat organlari va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan hujjatlar, ekspert xulosalari, statistika maʼlumotlari va boshqa maʼlumotlarni talab qilib olishlari mumkin.
Senatning qoʻmitalari yoki senatorlar talab qilib oladigan axborotni tegishli davlat organi, boshqa tashkilot, mansabdor shaxs murojaat olingan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay taqdim etishi kerak.
Senat qoʻmitalarining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining ular tomonidan qonunlarga qanday rioya etilayotgani, palata qoʻmitalarining qarorlari qanday bajarilayotgani toʻgʻrisidagi axborotlarini eshitishi qoʻmitalarning ish rejalariga muvofiq oʻtkaziladi.
