51-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida (29-I-son) · Sana: 06.05.2005 · Amalda
Reglament, unga doir oʻzgartishlar va qoʻshimchalar Senat qarori bilan qabul qilinadi.
Reglamentga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni qoʻmitalar kiritadi, bu takliflar Senat majlisining kun tartibi loyihasiga Kengash tomonidan kiritiladi hamda birinchi navbatda koʻrib chiqiladi.
Senat majlislarini oʻtkazishning, Senat faoliyatiga taalluqli boshqa masalalarni koʻrib chiqishning Reglamentda nazarda tutilmagan tartib-taomillari Senat majlisida senatorlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi, bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va qabul qilingan kundan eʼtiboran amal qiladi.
