Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida (29-I-son) · Sana: 06.05.2005 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini tasdiqlash toʻgʻrisidagi taqdimnomasi Senat tomonidan Senatning yaqin oradagi majlisida koʻrib chiqiladi.
Senatning Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini tasdiqlash masalasi yuzasidan qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
Senat taqdim etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini uch marta rad etgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni tayinlaydi, Senatni tarqatib yuboradi va yangi saylov tayinlaydi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-1161151
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 43-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida (29-I-son). neolex.uz/uz/laws/law-1161155/43 (lex.uz/docs/-1161151)