33-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida (29-I-son) · Sana: 06.05.2005 · Amalda
Navbatdagi moliya yili uchun Davlat budjetining loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning 15-oktabridan kechiktirmay Senatga yuboriladi.
Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan Davlat budjeti Senatning koʻrib chiqishi uchun topshiriladi va masʼul qoʻmita tomonidan dastlabki tarzda koʻrib chiqiladi.
Davlat budjetiga doir materiallar senatorlarga oldindan, mazkur budjet Senat majlisida koʻrib chiqilgunga qadar yuboriladi.
Davlat budjetini Senatning majlisida muhokama qilish Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxsning maʼruzasi bilan boshlanadi.
Davlat budjeti boʻyicha qaror Senat tomonidan joriy yilning 15-dekabridan kechiktirmay qabul qilinishi kerak.
