14-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida (29-I-son) · Sana: 06.05.2005 · Amalda
Senat va Qonunchilik palatasining qoʻshma majlislari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qasamyod qilganda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining, ichki va tashqi siyosatining muhim masalalari yuzasidan nutq soʻzlaganda, chet davlatlarning rahbarlari nutq soʻzlaganda oʻtkaziladi. Palatalarning kelishuviga muvofiq qoʻshma majlislar boshqa masalalar yuzasidan ham oʻtkazilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻshma majlislari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Senat Raisi, Qonunchilik palatasi Spikeri taklifi bilan yoki tegishincha senatorlar yoxud deputatlar umumiy sonining kamida uchdan bir qismi taklifiga binoan chaqirilishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻshma majlisini chaqirish toʻgʻrisidagi masala yuzasidan Senat Raisi bilan Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrtasida maslahatlashuvlar oʻtkazilib, qoʻshma majlisni oʻtkazish sanasi belgilab olinadi hamda kun tartibiga doir takliflar muhokama etiladi.
