“Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqlar toʻgʻrisida” gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunini amalga kiritish tartibi haqida (995-XII-son)
28.12.1993
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 1994-yilning 1-yanvaridan amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uch oylik muddat ichida Hukumat, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarining normativ hujjatlarini “Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq holga keltirilsin hamda jismoniy shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliqlar stavkasini tasdiqlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Raisi vazifasini bajaruvchi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1993-yil 28-dekabr,
995-XII-son
