Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida (102-I-son) · Sana: 28.07.2005 · Kuchini yo'qotgan
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻn toʻrt kun ichida Qonunchilik palatasining takliflari va mulohazalarini inobatga olgan holda Davlat budjeti loyihasini maromiga yetkazadi hamda Davlat budjetining maromiga yetkazilgan loyihasini Qonunchilik palatasiga ikkinchi oʻqish uchun yuboradi.
Davlat budjeti loyihasining ikkinchi oʻqishi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxsning maʼruzasi bilan boshlanadi, keyin masʼul qoʻmita vakilining qoʻshimcha maʼruzasi eshitiladi.
Davlat budjetining loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan joriy yilning 15-noyabridan kechiktirmay koʻrib chiqilishi kerak.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-1160432
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 154-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida (102-I-son). neolex.uz/uz/laws/law-1160434/154 (lex.uz/docs/-1160432)