Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida (102-I-son) · Sana: 28.07.2005 · Kuchini yo'qotgan
Ochiq yoki yashirin ovoz berish natijalari toʻgʻrisida sanoq komissiyasi bayonnoma tuzadi, bayonnomani komissiyaning barcha aʼzolari imzolaydi. Sanoq komissiyasining ochiq yoki yashirin ovoz berish natijalari toʻgʻrisidagi maʼruzasini Qonunchilik palatasi maʼlumot uchun qabul qiladi.
Qonunchilik palatasi majlisida raislik qiluvchi sanoq komissiyasining Qonunchilik palatasi tomonidan maʼlumot uchun qabul qilingan ochiq yoki yashirin ovoz berish natijalari toʻgʻrisidagi maʼruzasi asosida qabul qilingan qarorni eʼlon qiladi, saylovlar oʻtkazilganida esa saylangan nomzodlarni nomma-nom koʻrsatadi. Ovoz berish natijalari Qonunchilik palatasining qarori bilan rasmiylashtiriladi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-1160432
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 102-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida (102-I-son). neolex.uz/uz/laws/law-1160434/102 (lex.uz/docs/-1160432)