Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash xarajatlarini undirish toʻgʻrisida (68-I-son)
06.05.1995
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.01.2019
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
1. Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslardan maʼmuriy ishlar boʻyicha sudyaning qaroriga binoan qamalganlarni saqlash bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar sutkasiga eng kam ish haqining 15 foizi miqdorida undirib olinadi.
2. Qamalgan shaxs maʼmuriy qamoqda boʻlgan vaqtida ishlagan va bu bilan oʻzini saqlash xarajatlarini qoplagan hollarda undan xarajatlar undirib olinmaydi. Qamalganlar mehnatga qobiliyatsiz boʻlsalar, ular ham bu xarajatlarni undirishdan ozod qilinadilar.
Ayrim hollarda sudya aniq holatlarni va qamalganning shaxsini hisobga olib, uni mazkur xarajatlarni toʻlashdan ozod qilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 6-may,
68-I-son
