Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari toʻgʻrisida (14-I-son)
27.01.2005
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Siyosiy partiyalar fraksiyalarining takliflariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining quyidagi qoʻmitalari tashkil etilsin:
Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi;
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi;
Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi;
Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi;
Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi;
Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi;
Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi;
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi;
Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqaroning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi;
Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi.
2. Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining raislari lavozimi siyosiy partiyalar fraksiyalari oʻrtasida quyidagicha taqsimlanishi belgilansin:
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi B. MUSTAFOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 27-yanvar,
14–I-son
