Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmitalari toʻgʻrisida (7-I-son)
27.01.2005
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATINING
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining quyidagi qoʻmitalari tashkil etilsin:
Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi;
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi;
Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi;
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi;
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi;
Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining majlisida raislik qiluvchi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisi B. MUSTAFOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 27-yanvar,
7–I-son
