Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi 2006-yil 18-dekabrdagi PQ-532-son qaroriga oʻzgartishlar kiritish haqida (PQ-612-son)
30.03.2007
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga foydalanilgan avtotransport vositalari olib kirilishini tartibga solish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2006-yil 18-dekabrdagi PQ-532-son qarorining 9-2-raqamli ilovasiga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
Belgilansinki, kiritilgan oʻzgartishlar 2007-yilning 1-aprelidan boshlab kuchga kiradi.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 30-mart,
PQ-612-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 30-martdagi PQ-612-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-532-son qarorining 9-2-ilovasiga kiritilayotgan oʻzgartishlar
1. Rus tilidagi matnda “Nomer tovarnoy gruppi” ustuni 87-pozitsiyasining oltinchi-yettinchi xatboshilari quyidagi tahrirdagi beshta xatboshi tarzida bayon qilinsin:
“ Naimenovaniye tovara Kod tovara po TN VED V protsentax ot tamojennoy stoimosti tovara ili v doll. SShA za edinitsu izmereniya Transportnie sredstva (vklyuchaya bivshiye v upotreblenii) s dvigatelem vnutrennego sgoraniya, s iskrovim zajiganiyem, s obyemom dvigatelya: ne boleye 1000 kub. sm.: novie 8703 21 10 (krome — 8703 21 101, 8703 21 901) 2,4 doll. SShA/kub. sm bivshiye v ekspluatatsii (ot trex do semi let s momenta vipuska) 8703 21 909 4,8 doll. SShA/kub. sm bivshiye v ekspluatatsii (ot semi i boleye let s momenta vipuska) 8703 21 909 7,2 doll. SShA/kub. sm ”.
2. Sakkizinchi — yigirma ikkinchi xatboshilar tegishlicha oʻn birinchi — yigirma beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
