Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining muvaqqat reglamenti toʻgʻrisida (30-I-son) · Sana: 15.03.2005 · Amalda
Masʼul qoʻmita qonun loyihasini ikkinchi oʻqishga tayyorlash chogʻida tushgan takliflarni umumlashtiradi. Masʼul qoʻmita tomonidan asosli deb topilgan takliflar qonun loyihasining matniga kiritiladi.
Qonun loyihasini Qonunchilik palatasi tomonidan ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish chogʻida masʼul qoʻmita maʼqullagan takliflar ham, maʼqullamagan takliflar ham muhokama qilinadi. Qonun loyihasi boʻyicha ovoz berish moddama-modda oʻtkaziladi.
Qonunchilik palatasi muhokama natijalari boʻyicha qonun loyihasini maromiga yetkazish va keyingi oʻqishda koʻrib chiqish uchun palataga kiritish muddatini belgilagan holda uni ikkinchi oʻqishda qabul qilish yoxud qonun loyihasini rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-1154735
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 28-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining muvaqqat reglamenti toʻgʻrisida (30-I-son). neolex.uz/uz/laws/law-1154741/28 (lex.uz/docs/-1154735)