1-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining muvaqqat reglamenti toʻgʻrisida (30-I-son) · Sana: 15.03.2005 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Muvaqqat reglamenti (bundan buyon matnda Muvaqqat reglament deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuniga va “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) majlislarini oʻtkazish, qonunchilik tartib-taomillarini amalga oshirish tartibini belgilaydi va Qonunchilik palatasi faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq boshqa masalalarni tartibga soladi.
