Oʻzbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston oʻrtasida Doʻstlik, oʻzaro ishonchni mustahkamlash va hamkorlikni rivojlantirish toʻgʻrisidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqida (715-II-son)
03.12.2004
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston oʻrtasida doʻstlik, oʻzaro ishonchni mustahkamlash va hamkorlikni rivojlantirish toʻgʻrisidagi shartnoma ratifikatsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2004-yil 3-dekabr,
715–II-son
