Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2003-2004-yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi toʻgʻrisida” 2003-yil 17-apreldagi 185-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida (534-son)
10.11.2004
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasini xususiylashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2004-yil 29-sentabrdagi 453-son qarorining 4-bandiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2003-2004-yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi toʻgʻrisida” 2003-yil 17-apreldagi 185-son qaroriga 3-ilovaga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 30-modda) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin:
627-pozitsiyada 6 va 7-ustunlardagi “30” va “64,2*” raqamlari tegishli ravishda “45” va “49*****” raqamlari bilan almashtirilsin;
izohga quyidagi mazmundagi matn qoʻshilsin:
“***** — aksiyalar paketi xorijiy investorga sotiladi”.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 10-noyabr,
534-son
