Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan isteʼmol tovarlarining roʻyxatiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (1242-2-son)
28.03.2007
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 28-martda 1242-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Eksportni ragʻbatlantirish, sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun qulay sharoitlarni yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2003-yil 2-maydagi 4, EG-01/12-1745, 01-02/8-29 va 60-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan isteʼmol tovarlarining roʻyxatida (2003-yil 21-may, roʻyxat raqami 1242 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-yil, 9-10-son) 392321000 TIF TN kodi qatoridagi “Tovar nomi”ga “(aseptik qoplardan tashqari)” soʻzlari qoʻshilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Iqtisodiyot vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 15-mart,
15-son
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GʻANIYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 15-mart,
EG-01/19-1254-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2007-yil 15-mart,
01-02/8-8-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 15-mart,
32-son
